Sharq mamlakatlarida koronavirus( Kovid- 19) bilan aloqali oxirgi vaziyat

Koronavirusning yangi turlari (Kovid-19) tufayli vafot etganlar soni dunyo bo'ylab 300 mingga yaqinlashar ekan virusga chalinganlar soni 4 million 400 mingdan oshdi. Sog'ayib ketganlar soni bir million 621 ming kishini  oshdi.

1416965
Sharq mamlakatlarida koronavirus( Kovid- 19) bilan aloqali oxirgi vaziyat

Koronavirusning yangi turlari (Kovid-19) tufayli vafot etganlar soni dunyo bo'ylab 300 mingga yaqinlashar ekan virusga chalinganlar soni 4 million 400 mingdan oshdi. Sog'ayib ketganlar soni bir million 621 ming kishini  oshdi.

Dekabr oyida  poyda bo’lgan Xitoyda yana bir xavotirli vaziyat mavjud. Chilin shahrida so'nggi kunlarda (Kovid-19) ko'payishi tufayli  ba'zi taqiqlar qo'yildi, jamoat transporti xizmatlari va jamoat yig'ilishlarida cheklovlar joriy etildi. Hozirga qadar mamlakatda  koronavirus tufayli 4 ming 633 kishi vafot etgan, 82 ming 926 kishi  virusni yuqtirgan.

Kovid-19 tufayli Isroilda halok bo’lganlar  soni 264 kishiga, virusga chalinganlar  soni 16 ming 548 nafarga  yetdi.

115 kishi qurbon bo'lgan Iroqda oxirgi 24 soat ichida 119 kishi koronavirusning yangi turi  (Kovid-19)ni  yuqtirganligi ma'lum qilindi, bu so'nggi kunlardagi eng yuqori ko'rsatkichdir.

Yaman Sog'liqni saqlash vazirligining ta'kidlashicha, Kovid-19 tufayli Aden va Laxic viloyatlarida biror  kishi vafot etishi bilan  umumiy vafot etganlar soni  12 kishini tashkil etdi . So'nggi 5 kishida virus  aniqlanishi bilan Yaman hukumati nazoratidagi hududlarda yuqtirganlar soni 70 nafarga  yetdi.

Saudiya Arabistonida kovid-19 tufayli yana 9 kishining  vafot etishi bilan  qurbon soni  273 kishiga ko'paygan. Mamlakatda  virusga chalinganlar  soni 44 ming 830  nafarni  tashkil etdi .

146 kishining umriga zomin bo'lgan Belorussiyada  virusga chalinganlar  soni  952 kishi ko’payib umumiy soni 25 825 nafarni oshdi.

184 kishi hayotdan ko'z yumgan Moldovada  infeksiyani yuqtirib olganlar  soni 252 taga ko'payib, 5 406  kishiga  yetdi.

Hozirgacha 10 kishi vafot etgan O'zbekistonda virusga chalinganlar  soni 28  nafarga  ko'payib, 2696 kishiga  yetdi.

Halok bo'lganlar soni 2 tadan 35 taga ko'paygan Ozarbayjonda virusga chalinganlar  soni 2 758 tani tashkil qildi.

Tojikistonda epidemiya tufayli 23 kishi vafot etgan bo'lsa, virusga chalinganlar  soni 801 nafarga  yetdi.

439 kishi vafot etgan Ukrainada  infeksiyani yuqtirganlar soni 16 ming 425  kishini  tashkil qildi.

Jazoirda "Kovid-19"dan halok bo'lganlar soni 515 deb e'lon qilindi va virusga chalinganlar  soni 6 ming 67  kishini tashkil etdi. 17-martdan beri masjidlar yopilganligi sababli, Ramazon Bayrami (24-may) mamlakatning epidemiya tadbirlari doirasida uylarda o'tkaziladi.

90 kishining halok bo’lgan Sudanda virusga chalinganlar soni  1818 kishiga ko'tarildi.

Afrika qit'asida virus tufayli vafot etganlar soni 2400dan oshdi ,  virusni yuqtirganlar soni 69 ming 947 kishini tashkil qildi.


Tanlangan kalimalar: #Vaziyat , #Oxirgi , #Kovid-19 , #Mamlakat , #Sharq

Aloqador xabarlar