Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 300 000ga yaqinlashdi

Virus bilan kasallanganlar soni 4 mln 400 000dan oshib ketdi. 1 mln 621 000dan ortiq bemor sog’aydi.

1416956
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 300 000ga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 300 000ga yaqinlashdi. Virus bilan kasallanganlar soni 4 mln 400 000dan oshib ketdi. 1 mln 621 000dan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat miqyosida koronavirus qurbonlarining umumiy soni 83 491 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 1 mln 410 168 nafarni tashkil qilmoqda.

Prezident Donald Tramp Xitoy bilan savdo kelishuvi imzolangach, ko’plab o’tmay koronavirus epidemiyasi tarqalganligini ma’lum qildi.

“100dan ortiq savdo shartnomasi ham vafot etgan begunoh insonlarning o’rnini to’ldira olmaydi”,-deb aytgan Donald Tramp.

Poytaxt Vashingtonda pandemiya tufayli joriy etilgan karantin choralari 8 iyunga qadar uzaytirildi. Aholi soni 720 mingdan ortiq bo’lgan Vashingtonda shu kungacha 6584 kishiga koronavirusdan kasallanish tashxisi qo'yildi. 350 nafar bemor vafot etdi.

Kaliforniya Davlat universiteti pandemiyaning ikkinchi to’lqini yuzaga kelish ehtimoliga qarshi ta’limni 2021 yilning yoziga qadar to’xtatdi.

Italiyada bir sutkada 195 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 31 106 kishiga yetdi. Ulardan 160 nafari shifokorlar. Ayni vaqtda infektsiya bilan kasallanganlar soni 2809 nafarga kamaydi. Shu bilan mamlakatda virusga chalinganlar soni 78 457 nafarga ozaydi.

Fransiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli bir sutkada 83 bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 27 074 kishiga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni bir sutkada 507 nafarga oshib, jami 214 169 kishiga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #pandemiya , #COVID-19

Aloqador xabarlar