Dunyoda COVID-19 qurbonlari soni 280 000dan oshdi

Dunyo bo’ylab virus bilan kasallanganlarning umumiy soni 4 mln 80 000dan oshib ketdi. 1 mln 425 000dan ortiq bemor sog’aydi.

1414160
Dunyoda COVID-19 qurbonlari soni 280 000dan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 280 000dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 4 mln 80 000dan oshib ketdi. 1 mln 425 000dan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Bir sutkada 1584 bemor virusdan vafot etdi. Mamlakat miqyosida koronavirus qurbonlarining umumiy soni 78 639 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 1 mln 323 083 nafarni tashkil qilmoqda.

Buyuk Britaniya COVID-19 tufayli o’limlar soni bo’yicha dunyoda ikkinchi o’ringa chiqdi. Bir sutkada 346 bemor virusdan vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 31 587 kishiga yetdi. Yana bir sutkada 3896 kishida koronavirus qayd etildi. Shu bilan virusga chalinganlarning umumiy soni 215 260 kishiga yetdi.

Italiyada bir sutkada 194 bemor koronavirusdan vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 30 395 kishiga yetdi. Ayni vaqtda infektsiya  bilan kasallanganlar soni 3119 nafarga kamaydi. Shu bilan mamlakatda virusga chalinganlar soni 84 842 nafarni tashkil qilmoqda.

Ma’lumki, Italiyada 4 may kunidan boshlab karantin choralari yumshatildi. Qurilish sektori, zavod va fabrikalar o’z faoliyatini boshladi. Turli savdo do‘konlari, restoranlar, ko‘rgazma va muzeylar, shuningdek, go‘zallik salonlari hamda jamoaviy mashg‘ulot o‘tkazish joylari esa 18 mayda ochiladi.

Fransiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli bir sutkada 80 bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 26 310 kishiga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 433 nafarga oshib, jami 210 519 kishiga yetdi. Mamlakatda ertaga, 11 may kunidan boshlab karantin choralari yumshatiladi. Bolalar bog’chalari va boshlang’ich maktablar ochiladi. Shuningdek, kafe va restoranlardan tashqari magazinlar, go’zallik salonlari, sartaroshxonalar, muzeylar va kutubxonalar xizmat berishni boshlaydi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #pandemiya , #epidemiya , #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar