Dunyoda Covid - 19 dan vafot etganlar soni yana oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) dan vafot etganlarning umumiy soni 274 ming nafardan oshdi.

1413766
Dunyoda Covid - 19 dan vafot etganlar soni yana oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) dan vafot etganlarning umumiy soni 274 ming nafardan oshdi. Virus yuqtirib olganlar 4 million, sog‘ayib ketganlar soni esa 1 million 372 ming nafarni ortda qoldirdi.

Pandemiya markazi Amerika Qoshma Shtatlarida (AQSh) Covid – 19 dan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 2 ming 181 nafarga ko‘paygan holda 76 ming 998 nafarga yetdi. O‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa huddi shu vaqt mobaynida 31 ming 326 nafarga ortgan holda, 1 million 295 ming 31 nafarga chiqdi. Shu bilan birga vitse - prezident Mike Pensning ofisidan yana bir kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Tunov kuni prezident Donald Trumpning yordamchilaridan biriga Covid – 19 tashhisi qo‘yilgandi. 

Pandemiyaning Yevropadagi markazi hisoblangan Britaniyada Covid – 19 tufayli vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 626 nafarga ko‘paygan holda 31 ming 241 nafarga, holat soni esa 4 ming 649 nafarga ko‘paygan holda 211 ming 364 nafarga yetdi. Ushbu kasallik yuzasidan 23- mart kuni boshlagan va 16 – aprel kuni uzatilgan cheklovlar muddati kecha tugadi lekin hukumatning “cheklovlarni yengillashtirish” masalasida tutmoqchi bo‘lgan yo‘l xaritasi Bosh vazir Boris Johnson tomonidan ertaga ma’lum qilinadi.

Italiyada Covid – 19 dan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 243 nafarga ortgan holda 30 ming 201 nafarni tashkil etdi. Holat soni esa 1 663 nafarga kamayib 87 ming 961 nafar deb qayd etildi.

Fransiyada Covid – 19 dan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 243 nafarga ortgan holda 26 ming 230 nafarni tashkil etdi. Holat soni esa 642 nafarga ko’paygan holda 210 ming 86 nafar deb qayd etildi.



Aloqador xabarlar