JSST, karantin qoidalarini yengillashtira boshlagan mamlakatlarni ogohlantirdi

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti, karantin qoidalarini yengillashtira boshlagan mamlakatlarni ogohlantirdi.

1412390
JSST, karantin qoidalarini yengillashtira boshlagan mamlakatlarni ogohlantirdi

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurash doirasida yo‘lga qo‘yilgan karantin qoidalarini yengillashtirish masalasida ehtiyot bo‘linishi kerakligini qayd etdi.  

Adhanom Ghebreyesus, JSSTning Shveytsariyaning Jeneva shahridagi markazida videomuloqat yo‘li orqali matbuot anjumani uyushtirdi.

Mamlakatlarning kundan – kunga karantin qoidalarini yengillashtira boshlagani masalasini baholagan Ghebreyesus, bu borada JSST taklif qilgan o‘lchovlarga e’tibor berilishi kerakligini ta’kidladi.  

Ghebreyesus, tashkilot takliflaridan ba’zilari Covid – 19 ga chalingan bemorlarning puxta kuzatilishi, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish, masofa saqlash va sog‘likni saqlash tarmoqlari, o‘quv markazlari, ishxonalar va insonlar borishga majbur bo‘lib qolgan joylarda pandemiya xavfining minimum darajaga tushirilishi, xavfning boshqara olinadigan darajada bo‘lishi va xalqqa pandemiya haqida yetarli ma’lumot berish masalalari deb aytib o‘tdi.

Karantin qoidalarini yengillashtira boshlagan mamlakatlarni ogohlantirgan Ghebreyesus,

“Mamlakatlar o‘tish davrida judayam ehtiyotkorlik bilan, bosqichma – bosqich qadam tashlamagudek bo’lsa unda takror karantin davriga qaytish ehtiyoji tug‘iladi” dedi.



Aloqador xabarlar