Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 3,5 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 248 000dan oshdi. Sog’ayganlar soni esa, 1 mln 150 000ni tashkil qilmoqda.

1410136
Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 3,5 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 248 600dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 3 mln 554 100dan oshib ketdi. Sog’ayganlar soni esa, 1 mln 161 000ni tashkil qilmoqda.

Rossiyada so‘nggi bir kunda 10 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi - bu kunlik o‘sish bo‘yicha navbatdagi rekorddir, jami kasallanganlar soni 134 687ga yetgan. So‘nggi bir kunda yana 58 kishi koronavirus qurboniga aylangan.  Covid-19 ushbu mamlakatda hozircha jami 1280 kishi o‘limiga sabab bo‘ldi.

Eronda kasallikka chalinish holatlari soni 98 mingdan oshgan, 6,2 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Mamlakatda qurbonlar va kasallanganlar soni 9 viloyatda kamaya boshladi. Mart oyi o‘rtalarida yopilgan masjidlar ochilmoqda. Mamlakatda Ramazon oyi davom etmoqda.

Hukumat karantin choralarini bosqichma-bosqich yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda.

Mamlakatda koronavirus sababli kiritilgan cheklovlar bekor qilina boshlandi – do‘konlar, bog‘lar va bozorlar ochilgan, shaharlararo avtomobil yo‘llarida harakatlanish tiklangan.

Pokistonda COVID-19 tufayli bir sutkada 25 nafar bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 457 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 1301 kishiga oshib, jami 20 071 kishini tashkil qilmoqda.

Iordaniyada koronavirus tarqala boshlagan kundan buyon atigi 9 kishi virusdan vafot etdi. Virus yuqtirib olganlar soni 461 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda 6 maydan e’tiboran iqtisodiyotning barcha sohalari o’z faoliyatini boshlaydi.

Iroqning Karkuk shahrida pandemiya tarqalishini oldini olish maqsadida oxirgi ikki oyda ikkinchi marta komendantlik soati joriy etildi. Komendantlik soati bir sutkada 35 kishida virus qayd etilishi tufayli takror kuchga kiradi. Hukumat tomonidan olingan qarorlarga amal qilmaganlar javobgarlikka tortiladi.

Janubiy Koreyada virus tufayli vafot etganlar soni 252 kishiga yetdi. 10 801 kishi virus bilan kasallangan.

Taylandda 54 kishi virusdan vafot etdi, kasallanganlar soni 2987 nafarni tashkil qilmoqda.

Yaponiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 555 kishi, virus yuqtirib olganlar soni 15 914 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab favqulodda holat rejimi may oyi oxiriga qadar uzaytirildi.

Yevrosiyo davlatlarida qurbonlar va kasallanganlar soni quyidagicha;

Belorus koronavirusdan qurbonlar soni 103 nafar, kasallanganlar soni 17489 nafar;

Ukraina koronavirusdan qurbonlar soni 303 nafar, kasallanganlar soni 12331 nafar;

Qozog’iston koronavirusdan qurbonlar soni 27 nafar, kasallanganlar soni 3964 nafar;

Qirg’iziston koronavirusdan qurbonlar soni 10 nafar, kasallanganlar soni 830 nafar;

Moldova koronavirusdan qurbonlar soni 128 nafar, kasallanganlar soni 4121 nafar;

Armaniston koronavirusdan qurbonlar soni 39 nafar, kasallanganlar soni 2507 nafar;

O’zbekiston koronavirusdan qurbonlar soni 10 nafar, kasallanganlar soni 2160 nafar;

Tojikiston koronavirusdan qurbonlar soni 2 nafar, kasallanganlar soni 128 nafar;

Gruziya koronavirusdan qurbonlar soni 9 nafar, kasallanganlar soni 595 nafar;

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #pandemiya , #COVID-19

Aloqador xabarlar