Pandemiya ustidan, xalqaro darajadagi favqulodda holat davom etmoqda

JSST, pandemiya ustidan, xalqaro darajadagi favqulodda holatning davom etayotganini qayd etdi.

1409211
Pandemiya ustidan, xalqaro darajadagi favqulodda holat davom etmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Mike Ryan, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasining tabiiy virus ekanligidan amin bo‘lganliklarini qayd etdi.

JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus, tashkilotning Shveytsariyaning Jeneva shahridagi markazida video muloqat orqali matbuot anjumani uyushtirdi.

Ghebreyesus, Covid – 19 pandemiyasi ustidan “xalqaro darajadagi favqulodda holat” ning o‘zgarishsiz davom etganini ta’kidladi.  

JSST Bosh direktori, tashkilotning pandemiyaga qarshi kurashda kech qolinganligi haqidagi ayblovlarni yana bir bor rad etdi.

Ghebreyesus, Trumpning Covid – 19 ning Xitoyning Uxan shahridagi labaratoriyalardan birida ishlab chiqarilganligi va “JSST o‘zidan uyalishi kerak chunki Xitoyning jamoatchilik bilan aloqalar agentidek ish olib bormoqda” degan savoliga qarshi tashkilotning favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Mike Ryanning javob berishini talab qildi.

Ryan, bir necha olimning Covid – 19 ustidan qayta – qayta tekshiruv ishlari olib borganini eslatib o‘tgan holda, virusning tabiiy ekanligidan amin ekanliklarini ifoda etdi.

Trump, tunov kuni bergan bayonotida Covid – 19 ning Uxandagi labaratoriyalardan biri ishlab chiqarilganligini isbotlovchi dalilga duch kelganligini aytishiga qaramay bu haqida batafsil ma’lumot berishdan chekingandi.

Shuningdek Trump, oxirgi kunlardagi bayonotlarida tez – tez Xitoydagi virus ustidan aniqlangan holat va vafot etganlarning haqiqiy sonining yashirin tutilganini ilgari surib Xitoyni, virusni dunyoga yoyganlikda ayblayotgan edi.



Aloqador xabarlar