Eron janubidagi ekin maydonlarini cho'l chigirtkalari bosib ketdi

Asriran xabar sayti ma’lum qilishicha, Janubiy Xuroson viloyatidan so’ng mamlakatning qolgan olti viloyatini ham chigirtkalar bosib ketgan.

1408343
Eron janubidagi ekin maydonlarini cho'l chigirtkalari bosib ketdi

 

Eronning olti viloyatini chigirtkalar bosib ketdi.

Asriran xabar sayti ma’lum qilishicha, Janubiy Xuroson viloyatidan so’ng mamlakatning qolgan olti viloyatini ham chigirtkalar bosib ketgan.

“Bu hafta chigirtkalar bosib qolgan Janubiy Xurosondagi 150 gektarlik ekin maydoni dorilandi. Siston-Belujiston, Hurmuzgan, Bushehr, Fors, Xuziston va Qirmon viloyatlarida ham jami 133 ming 210 gektarlik ekin maydoni hasharotlarga qarshi dorilandi”,-deb ma’lum qiladi O’simliklarni muhofaza qilish bo’yicha tashkilot vakili Sayyid Rizo Mir.

Ta’kidlanishicha, chigirtkalar to’dasi Saudiya Arabistoni, BAA, Omman, Quvayt va Qatardan kirib kelib, Eron janubini egallab olgan.

“Eron BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ogohlantiruvlarini diqqatga olgan holda, 1 mln gektarlik maydonni chigirtka to’dasi bosib olishiga qarshi kerakli chora-tadbirlarni oldi”,-deb qo’shimcha qiladi Sayyid Rizo Mir.

Eslatish joizki, avvalroq Janubiy Xuroson viloyatiga qarashli Nehbendah tumanidagi 350 gektarlik ekin maydoni Pokistondan kelgan sariq rangli cho’l chigirtkalarining istilosiga uchragandi.


Tanlangan kalimalar: #cho'l chigirtkalari , #Eron

Aloqador xabarlar