Misrda 3 oylik favqulodda holat rejimi joriy etildi

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi tomonidan olingan ushbu qarorga muvofiq, bugun, 28 aprel soat 01:00dan boshlab, butun mamlakat miqyosida 3 oylik favqulodda holat rejimi kuchga kiradi.

1406671
Misrda 3 oylik favqulodda holat rejimi joriy etildi

 

Misrda bugundan e’tiboran mamlakat miqyosida 3 oylik favqulodda holat rejimi joriy etildi.

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi tomonidan olingan ushbu qaror rasmiy gazetada e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, bugun, 28 aprel soat 01:00dan boshlab, butun mamlakat miqyosida 3 oylik favqulodda holat rejimi kuchga kiradi.

Hujjat asosida, mamlakat qurolli kuchlari va xavfsizlik boshqarmalariga terrorchilikka qarshi kurash, mamlakatda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, davlat va xususiy mulkni qo’riqlash hamda fuqarolar tinchligini saqlash uchun barcha qat’iy chora-tadbirlarni qo’llash vazifasi topshirildi.

Prezident qaroriga amal qilmaganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu qaror fuqarolar xavfsizligi va xalq salomatligini ta'minlash, shuningdek, koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bog‘liq ekanligi qayd etildi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar