Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 211 630dan oshdi

Infektsiya bilan kasallanganlar soni 3 mln 65 000dan oshib ketdi. 923 000ga yaqin bemor sog’aydi.

1406559
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 211 630dan oshdi

 

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 211 630dan oshdi. Infektsiya bilan kasallanganlar soni 3 mln 65 000dan oshib ketdi. 923 000ga yaqin bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda. Mamlakat miqyosida koronavirus qurbonlarining umumiy soni 56 245 kishiga yetdi.

Infektsiya  bilan kasallanganlar soni 1 mlndan oshib ketdi. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Italiyada bir sutkada 333 bemor koronavirusdan vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 26 977 kishiga yetdi. Shu vaqtgacha infektsiyadan vafot etganlarning 150 nafari shifokorlar. Ayni vaqtda infektsiya  bilan kasallanganlar soni 199 414 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 23 293 kishiga yetdi. Bir sutkada yana 4711 kishida virus qayd etilgan. Mamlakat bo’ylab infektsiya bilan kasallanganlar soni 196 000dan oshdi.

Buyuk Britaniyada COVID-19 tufayli vafot etganlar soni bir sutkada 360 kishiga oshdi. Shu bilan mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 21 092 nafarga, kasallanganlar soni esa 157 149 nafarga yetdi.

Kanadada so’nggi ikki kunda yana 452 bemor koronavirusdan vafot etdi. Virus qurbonlarining umumiy soni 2781 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni 48 000dan oshdi.

Meksikada bir sutkada 46 kishi koronavirusdan vafot etdi. Meksika Sog’liqni saqlash vaziri ma’lum qilishicha, mamlakatda jami 14 677 kishi virusga chalingan.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #dunyo , #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar