Koronavirusdan oxirgi 24 soatda AQSh 1918, Fransiya esa 1427 qurbon berdi

Yangi turdagi koronavirus tufayli vafot etganlar ham, ziyon ko‘rganlar ham kundan - kunga ortib bormoqda.

1393605
Koronavirusdan oxirgi 24 soatda AQSh 1918, Fransiya esa 1427 qurbon berdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasi tufayli vafot etganlar soni 82 mingga yaqinlashar ekan, virus yuqtirib olganlar soni 1 million 433 ming, butunlay sog‘ayib ketganlar soni esa 300 ming nafarni ortda qoldirdi.

Italiyada Covid - 19 tufayli vafot etganlar soni bir kunda 604 nafarga ko‘paygan holda 17 ming 127 nafarga yetdi. Ulardan 94 nafari shifokor, 26 nafari hamshira. Holat soni esa mamlakatda 94 ming 67 nafarni tashkil etmoqda. Covid - 19 ga qarshi kurashda yordam berish maqsadida Qatar Italiyaga 2 ta dala kasalxonasi yubordi.

Covid - 19 tufayli Ispaniyada hayotdan ko‘z yumganlar soni so‘nggi 24 soat ichida 757 kishiga ko‘payib, 14 ming 555 kishiga yetdi.

Fransiyada infektsiya bir kunda 1 ming 427 nafarga ortgan holda jami 10 ming 328 kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu raqam bugungi kungacha Fransiyadagi “eng katta yo‘qotish” deb qayd etilar ekan holat soni ham 109 ming 69 ga chiqdi.

Covid - 19 tufayli Germaniyada vafot etganlar soni 2 mingdan oshdi. So‘nggi 24 soat ichida mamlakatda holat soni 4 ming 284 ga ko‘payib, 107 ming 659 nafarga yetdi.

Vafot etganlar soni 2 ming 101, holat soni esa 19 ming 580 nafarga yetib borgan Niderlandiyada keksalar uyida yashagan 107 yoshidagi bir ayol, koronavirusdan butunlay sog‘ayib ketdi.

Britaniyada Covid - 19 dan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 786 ga ko‘paygan holda 6 ming 159 ga chiqdi. Koronavirusdan bugungacha bir kunda eng ko‘p qurbon berganligini bayon etgan Britaniyada holat soni ham 3 ming 634 nafarlik ortish bilan 55 ming 242 nafarga yetib bordi.

Avstraliyada esa yuqumli kasallik tufayli halok bo‘lganlar soni 50 nafarga ko‘payar ekan holat soni 6 ming nafarda oshdi. Qasddan virus yuqtirganlar esa umr bot qamoq jazosiga mahkum qilinadi.

Belgiyada virusdan vafot etganlar soni 2 ming 240 ga, yuqtirganlar soni esa 23 ming 403 kishiga yetdi.

Amerika Qoshma Shtatlarida virusdan vafot etganlar soni bir kunda 1 ming 918 ga ko‘payib 12 ming 907, holat soni esa 31 ming 510 nafarga ko‘paygan holda 399 ming 886 ga yetdi. Qurbon berish jihatidan Nyu - York 4 ming 758 nafar bilan birinchi o‘rinda.

Lotin Amerika diyori Meksikada yangi turdagi koronavirusdan vafot etganlar soni 125 nafarga chiqib, holat soni esa 2 ming 439 deb qayd etildi.

Lotin Amerika diyorida infektsiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan mamlakat hisoblangan Braziliyada Covid - 19 tufayli vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 122 nafarga ortib, 686 ga chiqdi. Holat soni esa 14 ming 18 ni tashkil etdi.

Karib dengizi davlatlarda ham vaziyat og‘ir.

Dominik Respublikasi Sog‘likni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra mamlakatda oxirgi 24 soatda Covid - 19 dan vafot etganlar soni 12 nafarga ortgan holda 98 ga, virus yuqtirib olganlar soni esa 1 ming 956 ga yetdi.

Kuba Sog‘liqni saqlash vazirligining bayonotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida yuqumli kasallikdan vafot etganlar soni 2 nafarga ortib 11 nafarni, kasallik soni esa 396 ni tashkil etdi.

Janubiy Amerikaning Ekvador davlatida ham yangi turdagi koronavirusdan eng ko‘p ziyon ko‘rgan va shu bois ham karantinga olingan Guayakuil shahridagi uylaru kasalxonalardan so‘nggi bir haftada 500 ta jasad yig‘ilganligi ma’lum qilindi. Ekvadorda 191 kishining hayotiga zomin bo‘lgan "Covid - 19" virusi holati 3 ming 774 kishida aniqlandi.



Aloqador xabarlar