Koronavirus holatlari ortar ekan shifo topganlar ham kuzatila boshladi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid 19) tufayli vafot etganlar, kasallanganlar soni ortar ekan endilikda shifo topganlar ham kuzatila boshladi.

1386634
Koronavirus holatlari ortar ekan shifo topganlar ham kuzatila boshladi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Сovid - 19) tufayli vafot etganlar soni 28 ming, kasallanganlar soni 601 ming, dardiga darmon topganlar soni esa 133 ming nafardan ortdi.

Eronda 24 soatda koronavirus yuzasidan vafot etganlar soni 139 nafarga ko‘paygan holda 2 ming 517 ga yetdi. Shu bilan birga 102 yoshidagi erkak bemor virusni yengib, shifo topdi. Bemorning shifokorlar va tibbiy xodimlar tomonidan kasalxonadan kuzatib qo‘yilishi haqidagi lavhalar, davlat telekanalida namoyish etildi. Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, mamlakatda yangi turdagi koronavirus kasalligiga chalingan fuqarolarning sog‘liqni saqlash xarajatlarining 90 foizining hukumat tomonidan to‘lanishini ma’lum qildi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining bir tomonli sanksiyalari tufayli xalqning murakkab sharoit ostida qolganini ta’kidlagan Ruhoniy, bu yil byudjetning 20 foizining koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga ajratilganini qayd etdi.

Iroqda virusdan vafot etganlar soni 42 nafarni tashkil etar ekan, kasallanganlar soni 506 nafar bo‘ldi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida yangi turdagi koronavirus yuzasidan bir bemor vafot etdi. Bemorning 67 yoshidagi germaniyalik sayyoh ekanligi ma’lum qilindi. ShKTRda koronavirus holati 61 nafar.

Epidemiyaga qarshi mamlakatda ijtimoiy izolyatsiya va karantina choralari ko‘rgan Ozarbayjonda shaharlararo bordi - keldilar cheklandi.

Covid - 19 tufayli 5 qurbon bergan Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi “Aeroflot”ning loukoster - sho‘ba kompaniyasi “Pobeda”, barcha qatnovlarini 31 - maygacha to‘xtatdi.

Ozbekistonda xalqning ko‘chaga chiqishiga cheklovlar joriy etildi. Market va dorixonalar bundan mustasno. Shaharlararo avtomobil yo‘llari transport uchun bekitildi. Ba’zi shaharlarga kirish - chiqishlar ham cheklandi.

Bugungacha Covid - 19 dan 12 qurbon bergan Isroilda yana 425 holat aniqlandi. Bu orqali yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) bilan kasallanganlar soni 3 ming 460 ga chiqdi. Bemorlarning 50 nafarining ahvolining og‘ir ekanligi, 89 kishining esa shifo topgani qayd etildi.  

Jazoir hukumati, epidemiyaga qarshi chora va tadbirlar doirasida 9 viloyatda oqshom soatlarida ko‘chalarga chiqishni man etganini e’lon qildi.

Afrikada yangi turdagi koronavirus (Covid 19) epidemiyasidan vafot etganlar soni 117 nafarga chiqdi. Qit’aning 46 ta mamlakatida 3 ming 924 nafar Covid - 19 holati ko‘rildi, shifo topganlar soni esa 276 nafar bo‘ldi.

Janubiy Afrikada kechadan beri 3 haftagacha ko‘chaga chiqishlar man etildi.

Koronavirus tufayli vafot etganlar soni 23 nafarga yetgan Marokashda, virusga chalinganlar soni 358 nafar deb belgilandi. Shifo topganlar esa 11 nafar.

Yangi turdagi koronavirus holati aniqlanganlar soni Quvaytda 235, Ummonda 152, Falastinda 97 nafarga yetdi.

Iordaniyada koronavirusdan bir kishi vafot etdi. Mamlakatda Covid - 19 holati soni 235 nafarga yetdi.

Bruneyda yangi turdagi koronavirus tufayli bir kishi vafot etar ekan mamlakatda bugungacha 115 Covid - 19 holati aniqlandi shuningdek, 11 bemor dardiga darmon topdi.

Birlashgan Arab Amirliklarida yangi turdagi koronavirus tufayli 2 kishi vafot etar ekan, koronavirus holati 405 nafar deb qayd etildi.

Livanda vafot etganlar soni 8, koronavirus holati aniqlanganlar soni 391 nafarga yetdi.

Yangi turdagi koronavirus tufayli Tunisda vafot etganlar soni 7 nafarni tashkil etar ekan, kasallanganlar soni 30 nafarga ko‘paygan holda 227 nafarga chiqdi.

Tailandda koronavirus tufayli oxirgi 24 soatda yangi 109 holat aniqlandi.

Keniyada yangi turdagi koronavirusdan bir kishi vafot etar ekan voqea ortidan mamlkatda mahalliy vaqt bilan 19:00 dan 05:00 gacha ko‘chalarga chiqishlar man etildi.

Malayziyada esa koronavirus tufayli vafot etganlar soni 27, virus yuqtirib olganlar soni esa 2 ming 320 nafarga yetdi.

Filippinda 68 kishi vafot etar ekan virus bilan kasallanganlar soni 272 nafarga ko‘payib, 1 ming 75 ga chiqdi.



Aloqador xabarlar