Sharq davlatlarida koronavirus bilan bog‘liq holatlar ko‘payib bormoqda

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha sharq davlatlaridagi oxirgi vaziyat.

1385329
Sharq davlatlarida koronavirus bilan bog‘liq holatlar ko‘payib bormoqda

Yangi turdagi koronavirus (Сovid - 19) jadal tarqalayotgani bois vafot etganlar soni ham 21 mingdan ortdi.

Koronavirus tufayli vafot etganlar soni 2 ming 234, bemorlar soni 29 ming 406 nafar deb qayd etilgan Eronda shaharlararo sayohat qilish man etildi. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha iqtisodiy tarmoqda tuzilgan kengash yig‘ilishida nutq so‘zlagan Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, “Bugun bundan ham qat’iy choralar ko‘rildi. Virusning tarqashiga to‘siqlik qilish maqsadida 8 - aprelgacha (2 hafta) boshqalari bilan o‘rtadagi ijtimoiy masofani saqlash qoidasiga e’tibor berdik” dedi.

Ozarbayjonda yangi turdagi koronavirus (Сovid - 19) ga chalingan bemorlardan yana biri vafot etdi. Undan tashqari yana 6 kishining virus yuqtirib olgani aniqlandi. Bu orqali bemorlar soni ham 81 nafar deb qayd etildi.

Isroilda yana 126 kishi koronavirusga chalinar ekan ularning umumiy soni 2 ming 495 nafarni tashkil etmoqda. Eng yomoni bemorlarning 41 nafarining ahvoli og‘ir. Bosh vazir Binyamin Netenyahu, mamlakatda tibbiy tizimning cho‘kishidan xavotirda ekanligini bildirdi. Jiddiy siyosat yo‘lga qo‘yilishini talab qilgan Netenyahu, Isroil xalqining o‘ziga - o‘zi qat’iy tartib - intizom o‘rnatishlari kerakligini, aks holda falokat yuz berishi mumkinligini ifoda etdi.

Bosib olingan G‘arbiy Sohilda 60 yoshidagi bir kishining vafot etishi bilan Falastinda yangi turdagi koronavirus (Сovid - 19) ning birinchi qurboni qayd etildi. G‘arbiy Sohil va G‘azo sektorida Сovid - 19 tashhisi qo‘yilgan kishilar soni 86 nafarga yetar ekan ulardan 17 nafari shifo topdi.  

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Сovid - 19 sababli, 22 - aprelda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishi maqsadida o‘tkazilishi rejalashtirilgan referendumning noma’lum muddatga ko‘chirilishini va kelasi hafta fuqarolarning mehnat ta’tilida deb hisoblanishini ma’lum qildi. Mamlakatda tungi klublar, kinoteatrlar va ko‘ngilochar markazlar yopildi, kafe va restoranlarda chilim chekish taqiqlandi. Rossiyada chet eldagi fuqarolarini mamlakatga olib kelish qatnovlaridan tashqari barcha aviaqatnovlarini 27 - martdan e’tiboran t‘oxtatildi. Mamlakatda koronavirus holati soni 840 nafarga yetdi. 

Ukrainada virus tufayli vafot etganlar soni 5 nafarga, virus yuqtirib olgan bemorlar soni esa 145 nafarga yetdi.

Qirg’iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda koronavirus holati aniqlangan 44 bemor haqida gapirar ekan ayni vaqtda Xalqaro valyuta fondidan moliyaviy yordam talab qildi.

Qozogiston Sog‘likni saqlash vazirligi Covid - 19 holatini yana 17 nafarga ko‘paygan holda 97 ga yetganligini eslatib o‘tar ekan, 65 yoshdan katta deputatlar ish tartibini online rejim orqali yuritmoqda. Bundan tashqari Olmota shahrida yo‘lga qo‘yilgan yangi karantina qoidalari asosida dorixona, market va kasalxonalardan tashqari barcha xizmat tarmoqlari o‘z faoliyatlarini to‘xtatdi. Kafe va restoranlar faqatgina kechki soat 22:00 gacha uyga yetkazib berish xizmati bilan ishlay boshladi.

Ozbekistonda koronavirus holati 9 nafarga ortgan holda 65 bemorni tashkil etar ekan, yuqumli kasalliklar shifoxonasi sifatida uchta prefabrik tibbiy bino qurilishi boshladi.  

Gruziyada esa yana 4, umumiy soni 77 nafar Covid - 19 holati aniqlandi.

Armanistonda yana 25 kishida Covid - 19 holati kuzatilar ekan buning umumiy soni oxiri 290 deb qayd etildi. Sog‘likni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda bugungacha 18 bemor shifo topib, 272 bemorni davolash ishlari davom etmoqda.

Saudiya Arabistonida Сovid - 19 ga qarshi kurash doirasida Riyad, Makka va Madina shaharlariga kirish - chiqishlarga ruxsat berilmasligi haqida qaror qabul qilindi.

Iroqda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) tufayli bugungacha vafot etganlar soni 31, holat soni esa 363 nafar deb qayd etildi. Unga qarshi ko’rilgan chora va tadbirlarga ko’ra uydan chiqmaslik qoidasi yana 15 kunga uzaytirildi.

Сovid - 19 tufayli Tunisda vafot etganlar soni 5 ga chiqar ekan Misrda bemorlar soni 456 nafarga, Iroqda 358 nafarga, Livanda esa virus yuqtirib olganlar soni 333 nafarga ko‘tarildi.

Hindistonning Jammu Kashmir shtatida esa koronavirus tufayli birinchi o‘lim holatlari ro‘y berdi. Mintaqada Сovid - 19 yuqtirib olgan kishilar soni esa 11 nafarga ko‘tarildi. Hindiston bo‘ylab esa vafot etganlar soni 9, virus yuqtirib olgan bemorlar soni esa 470 deb qayd etildi.

Covid - 19 yuzasidan 5 kishi vafot etgan va 39 holat kuzatilgan Bangladeshda, Bosh vazir Shayx Xasina, epidemiya tarqalishining oldini olish uchun barchaning o‘z uylaridan chiqmasliklarini talab qildi.

Filippinda infektsiya tufayli vafot etganlar soni 45 nafarga yetar ekan koronavirusga chalingan bemorlar soni 707 nafar (bemorlarga bir nafar senator ham qo‘shildi) deb qayd etildi.   

Bugungacha Nepalda Сovid - 19 ga chalingan 3 bemor aniqlanar ekan ko‘pchiligi Yevropa, Avstraliya va Yangi Zelandiya fuqarosi qariyb 160 sayyohning tog‘lik hududlarda qolib ketganligi ma’lum qilindi.

Yaponiya hozirda Covid - 19 infektsiyasiga qarshi kurash doirasida favqulodda holat (OHAL) e’lon qilish niyatida emasligini ma’lum qildi. Yaponiyada "Diamond Princess" kruiz kemasidagilar doxil 2 ming 25 Covid - 19 holati aniqlangan. Ushbu virus tufayli esa mamlakatda 55 kishi vafot etgan.

Covid - 19 tufayli 131 kishi vafot etgan va umumiy o‘lim holatlari 1.42 foizni tashkil etgan Janubiy Koreyada yangi 104 holat aniqlandi. Bu orqali mamlakatdagi koronavirus holati soni 9 ming 241 nafarga ko‘paydi.

Ta’kidlanishicha, birinchi holat kuzatilgan 20 - yanvar kunidan beri Covid - 19 infektsiyasi yuqtirib olgan 4 ming 144 bemor butunlay tuzalgan.

Kongo Demokratik Respublikasida Prezident Feliks Tshisekedining maslahatchilaridan biri Jan Jozef Mukendi bilan Mulumbaning koronavirus tufayli vafot etgani ma’lum qilindi.

Afrikaning Burkina - Faso shahrida bemorlar soni 146 nafarga yetgan bo‘lsa, ularning 10 nafari dardiga darmon topdi.

Ugandada 14 kun jamoat transportidan foydalanish taqiqlandi. U yerda kuzatilgan 14 ta koronavirus holatining biri 8 oylik chaqaloqda ekanligi aniqlandi.

Bugungacha Malida 2 ta koronavirus holati qayd etilar ekan bugundan e’tiboran komendantlik soati yo‘lga qo‘yildi. Quruqlik chegaralari yo‘lovchilar xizmati uchun yopilgan mamlakatda, yakshanba kuni umumiy saylovlarning epidemiya xavfiga qaramay, zarur choralar ostida o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Kamerunda ko‘rilgan Covid - 19 holatlari soni 75 taga yetdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar