Yangi turdagi koronavirus tufayli vafot etganlar soni 11 mingdan ortdi

Paydo bo‘lganidan beri yangi turdagi koronavirus (Kovid -19) tufayli vafot etganlar soni 11 mingdan ortdi .

1382384
Yangi turdagi koronavirus tufayli vafot etganlar soni 11 mingdan ortdi

Paydo bo‘lganidan beri yangi turdagi koronavirus (Kovid -19) kasalligiga chalingan bemorlar soni 270 ming nafarga yetar ekan, vafot etganlar soni 11 mingdan ortdi.  

Bu tufayli 1433 qurbon bergan Eronda Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif, mamlakat yangi turdagi koronavirusga qarshi kurash olib borar ekan Amerika Qo‘shma Shtatlarining sanksiyalarni bekor qilish talablarini rad etishiga e’tiroz bildirdi.

Zarif bu borada,

AQSh yetakchiligining Eron fuqarolarining o‘lishidan xursand va bundan faxrlanayotganligini, shu bois ham ular yuritgan siyosatning yomonligi bilan yodga olinishini lekin Eronning holdan to‘ymasligini ifoda etdi.

Janubiy Koreyada yangi turdagi koronavirus (Kovid -19) tufayli vafot etganlar soni 6 nafar, virus yuqtirib olganlar soni esa 100 nafar deb qayd etildi.

Rossiyada 54 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu orqali jami virus yuqtirib olganlar soni 253 nafarga yetdi. Ushbu kasallik tufayli 1 kishi vafot etar ekan Tashqi ishlar vazirligi, chet eldagi rus fuqarolarini mamlakatga olib kelish ishlarini boshlatdi.

Isroilda 88 yoshidagi bir kishining vafot etishi bilan birga mamlakatda yangi turdagi koronavirus (Kovid -19) tufayli birinchi o‘lim holati qayd etilgan bo‘ldi.  

Birlashgan Arab Amirliklarida yangi turdagi koronavirus tufayli birinchi marotaba 2 kishi vafot etdi.

Roppa-rosa 69 bemorning borligi aytilgan Iordaniyada mamlakatda yang turdagi koronavirus (Kovid -19) ga qarshi kurash chora va tadbirlari doirasida ko‘chalarga chiqish man etildi.

Tunis Prezidenti Kays Said, yang turdagi koronavirus (Kovid -19) ning oldini olish maqsadida mamlakat bo‘ylab karantina e’lon qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Tunisda 54 bemor qayd etildi.

Afrika qit’asining Gabon davlatida yang turdagi koronavirus (Kovid -19) tufayli bir kishi vafot etdi. Mamlakatda ta’lim markazlari vaqtinchalik bekitilib, yirik tadbirlar bilan birga jamoat joylarida 30 dan ortiq kishining bir nuqtaga yig‘ilishi man etildi.

Togoda esa yang turdagi koronavirus (Kovid -19) kasalligiga chalinganlar soni 1 dan 9 ga chiqdi.

Burkino – Fasoda esa Hududiy boshqaruv tizimi bo‘yicha vazir Simeon Savadogo bilan Ta’lim tarbiya vaziri Stanislas Ouaro ustidan o‘tkazilgan test natijalarining ijobiy chiqqani ma’lum qilindi.

Bir kishining vafot etgani qayd etilgan mamlakatda bemorlar soni 40 nafarni tashkil etadi.

Qit’ada Misr, Janubiy Afrika Respublikasi va Marokash bosh bo‘lish bilan birga 900 ga yaqin koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar aniqlanar ekan ularning 23 nafarining oqibati o‘lim bilan yakunladi.

Niger, Kabo Verde va Yangi Gvineyadagi Papuada birinchi koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan bemorlar aniqlandi. Yangi Gvineyadagi Papuada ertadan e’tiboran chet elliklarning mamlakatga kirishiga bir haftagacha ruxsat berilmaydi.

Singapurdaham virus tufayli 2 kishi vafot etar ekan undan 385 kishi ziyon ko‘rgan.

Pokiston Xalqaro aeroporti yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) infeksiyasi tufayli xalqaro qatnovlarini 1 haftagacha to‘xtatganini ma’lum qildi.

Mamlakatda 501 kishi Kovid – 19 kasalligiga qarshi testdan o‘tkazilar ekan bemorlardan 4 nafari vafot etdi.

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus (Kovid 19) kasalligiga chalingan bemorlar soni 37 nafarga yetar ekan to‘ylar doxil ko‘ngilochar markazlari vaqtinchalik to‘tatildi.



Aloqador xabarlar