Pokistonda Tolibonga qarshi operatsiyada polkovnik halok bo’ldi

Pokiston qo’shini ma’lum qilishicha, mamlakat shimoli-g’arbida joylashgan Tank hududida “Tolibon” harakatiga qarshi operatsiya o’tkazildi.

1374774
Pokistonda Tolibonga qarshi operatsiyada polkovnik halok bo’ldi

 

 

Pokiston shimoli-g’arbida “Tolibon” harakatiga qarshi operatsiyada bir polkovnik halok bo’ldi, ikki jangari o’ldirildi.

Pokiston qo’shini ma’lum qilishicha, mamlakat shimoli-g’arbida joylashgan Tank hududida terrorizmga qarshi jangovar operatsiya o’tkazildi.

Ma’lumotga ko’ra, Tolibon jangarilari hududni qamal qilgan harbiylarga qarata o’t ochgan.

Otishmada Pokiston qo’shinidan bir polkovnik halok bo’lgan. Shuningdek, ikki jangari yo’q qilingan.

Yer to’lalarga yashiringan ko’plab qurol-aslaha va o’q-dorilar musodara qilingan.

Eslatish joizki, Pokiston qo’shini “Tolibon” harakatiga qarshi 2014 yildan buyon olib borayotgan operatsiyalarda 5 mingdan ortiq jangarini yo’q qildi. Ayni vaqtda aviazarbalar, portlashlar va to’qnashuvlarda 700 harbiy halok bo’ldi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #operatsiya , #Pokiston , #Tolibon

Aloqador xabarlar