Italiyada koronavirusdan halok bo’lganlar soni 233 kishiga yetdi

Italiyaning Lombardiya muxtor viloyati va boshqa 14 shahri karantinga olindi.

1374034
Italiyada koronavirusdan halok bo’lganlar soni 233 kishiga yetdi

 

 

Xitoyning Uxan sharqida tarqalgan yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus Yevropa mamlakatlarida keng tarqalishda davom etmoqda.

So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, Italiyada koronavirusdan halok bo’lganlar soni 233 kishiga yetdi.

Italiyaning Lombardiya muxtor viloyati va boshqa 14 shahri karantinga olindi.

Lombardiya bilan bir qatorda, Modena, Parma, Pyachensa, Rejo-Emiliya, Rimini, Pezaro-e-Urbino, Venetsiya, Paduya, Trevizo, Asti, Verbano-Kuzo-Ossola, Novara, Verchelli va Alessandriya shaharlari bular jumlasidandir.

Ushbu shaharlarga kirish va chiqish bugun, 8 martdan 3 aprelgacha cheklandi.

Fransiyada qurbonlar soni 11 kishiga yetdi, Maltada esa koronavirus bilan bog’liq ilk holat aniqlandi.

Ispaniyada kasallanganlar soni 441 kishiga yetdi, vafot etganlar soni esa 10 kishini tashkil qiladi.

Shveysariyada koronavirusga chalinganlar soni 264 kishiga yetdi.

Gollandiyada ham 188 kishida koronavirus holati aniqlandi, shuningdek Belgiyada kasallanganlar soni 149 kishi, Avstriyada 81 kishi, Chexiyada 19 kishi, Ruminiyada 11 kishi, Vengriya va Polshada 5 kishini tashkil qiladi.

Slovakiya bosh vaziri Peter Pellegrini ma’lum qilishicha, dushanba kunidan e’tiboran Slovakiya bilan Italiya o’rtasidagi barcha samolyot reyslari to’xtatiladi.

Bolqon davlatlaridan Xorvatiyada 12 kishida kasallanish holati aniqlandi.

Shimoliy Makedoniyada 3 kishida virus holati aniqlangan. Bosniya-Gersegovinada 221 kishi karantinga olingan.

AQShning Nyu-York shahrida kasallanish holati 76 nafarga ortishi bilan shtat bo’ylab tezkor favqulodda vaziyat e’lon qilindi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Italiya

Aloqador xabarlar