Turkiya bilan Rossiyaning Idlib haqidagi kelishuvini AQSh bilan YI xursandchilik bilan qarshi oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin tomonidan kecha Rossiya poytaxti Moskvada kuchga kirgan kelishuv asosida Idlibda o‘q uzish to‘xtatildi.

1373407
Turkiya bilan Rossiyaning Idlib haqidagi kelishuvini AQSh bilan YI xursandchilik bilan qarshi oldi

Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv asosida Suriyaning Idlib mintaqasida o‘q uzish to’xtatildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin tomonidan kecha Rossiya poytaxti Moskvada kuchga kirgan kelishuv asosida Idlibda o‘q uzish to‘xtatildi.

Moskvadagi kelishuvga,

“Barcha harbiy faoliyatlar Idlib deeskalatsiya zonasidagi liniya bo‘ylab 6-mart 2020 soat 00:01 dan e‘tiboran to‘xtatiladi” degan modda kiritildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi mazkur kelishuv kuchining “doimiy” bo‘lishidan umidvor ekanligini yetkazdi.

Guterres, BMT Bosh kotibi rasmiy vakili Stephane Dujarric orqali Idlibda o‘q uzishni to‘xtatish masalasida Turkiya bilan Rossiyaning kelishib olishi ortidan bayonot berdi.  

Ushbu bayonotda o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvining darhol kuchga kirishi, uning doimiy bo‘lishi va Suriyaning shimoliy-g‘arbidagi tinch aholining himoya qilinishidan umidvor ekanligini ta’kidlagan Guterres, muammoni BMT nazoratida siyosiy muzokaralar orqali hal qilishga chaqirdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari ham Turkiya bilan Rossiyaning Idlib masalasidagi kelishuv ortidan, mintaqadagi gumanitar inqirozning yengillashi va xavfli vaziyatlarning bartaraf etilishidan umidvor ekanligini qayd etdi.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Bugun Idlibda o‘ta xavfli vaziyatning bartaraf etilishi va Asad rejimi, Rossiya, Eron va Hizbulloh kuchlari tomonidan tinch aholi turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan hujumlar natijasida paydo bo‘lgan dahshatli gumanitar inqirozning yengillashini umid qilishimizga yo‘l ochgan turk-rus kelishuvini qo‘llab-quvvatlaymiz” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shu bilan birga AQShning NATO bo‘yicha ittifoqdoshi bo‘lgan Turkiya bilan, “o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvi haqida batafsil muloqat qilishni xohlagani” eslatib o‘tilgan bayonotda,

“Bundan keyingi eng muhim masala, Asad va uni qo‘llab-quvvatlaganlarning butunlay o‘q uzishni to‘xtatishni ko‘zda tutgan kelishuvga amal qilib qilmasligini kuzatishdir” degan ifodalarga o‘rin berildi.

Yevropa ittifoqi Tashqi ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakili Josep Borrell ham, Turkiya bilan Rossiya o‘rtasida Idlib masalasi ustidan yo‘lga qo‘yilgan kelishuvni xursandchilik bilan qarshi olganliklarini qayd etdi.

Xorvatiya poytaxti Zagrebda Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida favqulodda o‘tkazilgan Idlib va muhojirlar masalasidagi yig‘ilishda jurnalistlarga bayonot bergan Borrel, o‘q uzishni to‘xtatish jarayonining yaxshi niyat ko‘rsatkichi ekanligini bildirdi.

Borrell,

“O‘q uzishni to‘xtatish jarayoni haqidagi xabarlarni xursandchilik bilan qarshi olaman” dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #o‘q uzish

Aloqador xabarlar