Suriyaliklar Turkiyani qo‘llab-quvvatlab, Asad va hamrohlariga norozichilik ko‘rsatdi

Suriyaning Azez va Idlib viloyatlarida Turkiyani qo‘llab-quvvatlagan mazmunda namoyishlar uyushtirildi.

1369852
Suriyaliklar Turkiyani qo‘llab-quvvatlab, Asad va hamrohlariga norozichilik ko‘rsatdi

Suriyaning Azez va Idlib viloyatlarida Turkiyani qo‘llab-quvvatlagan mazmunda namoyishlar uyushtirildi.

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Firot qalqoni amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan Ahtarin aholisi, ushbu namoyishlari orqali Suriya rejimiga norozichilik ko‘rsatdi.

Turkiyani qo‘llab-quvvatlagan shiorlar bilan chiqqan xalq, shahidlar uchun duo qilib, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga bo‘lgan hurmatini izhor etdilar.

Mamlakatning shimoli – g‘arbidagi Idlib shahar markazi va Firot qalqoni amaliyoti yuritilgan hududdagi tinch aholi, Ostona va Sochi kelishuvi asosida Idlibda o‘rin olgan Turkiyaga shahidlar tufayli ta’ziya izhor etib, “Bahor qalqoni” amaliyotini qo‘llab-quvvatlashlarini qayd etdi.

Tinch aholi Asad rejimi qatorida o‘rin olgan Rossiya va Eronga norozichilik bildirib, turk va arab tillarida “9 yildan beri birinchi marotaba osmondagi uchoqdan qorqmadik”, “Turk askarlarining harakatini xursandchilik bilan qabul qilyapmiz”, “Chanoqqal’ada qabrlarimiz yonma-yon edi, Idlibda esa qonlarimiz ham aralashdi”, “Biz va turklar; din, tarix, madaniyat va odamgarchilik masalasida birmiz, qardoshmiz” degan shiorlar yozilgan plakatlar kovtarib chiqdi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turk Qurolli kuchlari , #Idlib

Aloqador xabarlar