Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakati hech kim bilan urushishga niyati bo’lmaganini aytdi.

Rossiya matbuotidagi muxbirlarning savollariga javob bergan Putin Suriyaning Idlib mintaqasidagi keskinlikdan keyin muhim bayonotlar berdi.

1369881

TASS axborot agentligi bilan suhbatida Putin, "biz hech kim bilan urushish niyatimiz yo'q deb aytdi va u Rossiya urushga tayyorgarlik ko’rmaganini va  hech kimning aqliga urush fikri kelmasligi kerak deb qayd etdi.

TASSga bergan intervyusida Putin qurol ishlab chiqarish to'g'risida bayonotlar berdi.

Rossiya armiyasi kuchli ekanligini ta'kidlagan Putin,

"Biz hech kim bilan jang qilishga tayyorlanmayapmiz. Hech kim urush haqida o'ylamasligi uchun zarur sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqdamiz." dedi.

Rossiya tarixda birinchi marta dunyoda mavjud bo'lmagan qurol ishlab chiqarganligini ta'kidlab Putin,

"Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) qurol mavzusida bizga yetishishga harakat qilmoqda. Bu tarixda hech qachon bo'lmagan” deya qayd etdi.

2010 yilda AQSh va Rossiya o'rtasida imzolangan Yangi strategik qurollarni qisqartirish shartnomasi (START) tugash arafasida turganini eslatib, Putin ushbu kelishuv yangilanishi kerakligini ta'kidladi.

Putin, shuningdek, strategik sohadagi muvozanatni saqlash kerakligini ta'kidladi.

Tanlangan kalimalar: #Yo'q , #Niyatimiz , #Urush , #Putin

Aloqador xabarlar