AQSh Turkiyaga ta’ziya izhor etdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Tashqi ishlar vazirligi Suriyaning Idlib viloyatidagi shahidlar uchun Turkiyaga ta’ziya izhor etdi.

1364330
AQSh Turkiyaga ta’ziya izhor etdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Tashqi ishlar vazirligi Suriyaning Idlib viloyatidagi shahidlar uchun Turkiyaga ta’ziya izhor etdi.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Idlibdagi oxirgi vaziyat va turk askarlarining shahid qilinishi haqida berilgan yozma ravishdagi bayonotda,

“Turkiya hukumatiga, askarlarining vafoti tufayli ta’ziya izhor etamiz” deyildi.

Turk askarlarining Idlibdagi o‘rnining mintaqada koordinatsiya o‘rnatib, taranglikni kamaytirish ekanligiga e’tibor qaratilgan bayonotda,

 “Bunga o‘xshash harakatlarga qarshi NATO bo‘yicha ittifoqdoshimiz Turkiyaning yonidamiz. Prezident Donald Trump Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan (o‘tgan hafta) shanba kuni telefon orqali amalga oshirgan muloqatida Idlib haqidagi tashvishlarini yetkazgandi. Shuningdek, Trump ushbu muloqat chog‘ida Rossiyani Asad rejimining zulmlarini qo‘llab-quvvatlashni bas qilishini va Suriyadagi ichki urushni siyosiy yo‘llar orqali hal qilish haqidagi undovini takrorlagdi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Aytib o‘tish joizki o‘q uzishni to‘xtatish uchun Idlibda bo‘lgan turk askarlariga qarshi payshanba kuni havo hujumi uyushtirilar ekan oqibatida 2 askar shahid bo‘lib, 5 askar tan jarohati olgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #turk askarlari , #Idlib , #AQSh

Aloqador xabarlar