Xitoyda Kovid-19 kasalligi tufayli jon berganlar soni 1869 nafarga yetdi

Kovid-19 oqibatida oxirgi 24 soatda mamlakatda 98 kishi jon berdi. Ulardan 93 nafari kasallik paydo bo’lgan Xubey viloyatida yuz berganligi aniqlandi.

1361405
Xitoyda Kovid-19 kasalligi tufayli jon berganlar soni 1869 nafarga yetdi

Xitoyda Kovid-19 kasalligi tufayli jon berganlar soni 1869 nafarga, kasallik yuqtirib olganligi aniqlangan kishilar soni esa 72 ming 436 nafarga yetdi.

Ushbu kasallik oqibatida oxirgi 24 soatda mamlakatda 98 kishi jon berdi. Ulardan 93 nafari kasallik paydo bo’lgan Xubey viloyatida yuz berganligi aniqlandi.

Kovid-19 tufayli mamlakatning konun chiqaruvchi organi Milliy Xalq kongressi bilan Xitoy Xalq Siyosiy maslahat kengashining yillik yig’inining ham keyingiga qoldirilishi kutilmoqda. Aytib o'tish joizki Milliy Xalq kongressi bilan Xitoy Xalq Siyosiy maslahat konferentsiyasi odatda bir yilda bir marotaba yig’iladi va bu yilgi majlisning mart oyida 5 ming hay’atning ishtirokida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan edi.  

Xubey viloyatiga qarashli Vuhan shahrida 12-dekabr kuni paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirusning qisqa vaqt ichida mamlakatning boshqa shaharlariga ham yoyilishi ortidan Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti “favqulodda vaziyat” deb e’lon qilgandi.  



Aloqador xabarlar