Xitoyda “Covid-19” koronavirusidan halok bo‘lganlar soni 1771 kishiga yetdi

Xitoyda bir kun ichida “Covid-19” koronavirusidan vafot etganlar soni 105 nafarga ko‘paygan.

1360795
Xitoyda “Covid-19” koronavirusidan halok bo‘lganlar soni 1771 kishiga yetdi

 

Xitoyda “Covid-19” koronavirusidan halok bo‘lganlar soni 1771 kishiga yetdi.

Xitoyning sog’liqni saqlash davlat qo’mitasi ma’lum qilishicha, yangi turdagi koronavirus epidemiyasidan kasallanganlar soni 70548 kishiga yetdi, ulardan 10644 nafari og’ir ahvolda.

Bundan tashqari, Xitoy maxsus ma'muriy hududlari hisoblangan Hongkongda 84 ta, Makaoda 10 ta virusdan kasallanish holati qayd etilgan. Hongkongda bir kishi virusdan vafot etgan.

Xitoyda bir kun ichida “Covid-19” koronavirusidan vafot etganlar soni 105 nafarga ko‘paygan. Yana 2048 kishida virus alomatlari kuzatilgan.

Dastlab 12 dekabrda Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan yangi turdagi koronavirus ko’p o’tmay nafaqat butun shahar bo’ylab, balki mamlakat bo’ylab keng tarqalib borishi natijasida Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyat e’lon qilgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Covid-19 , #koronavirus , #Xitoy

Aloqador xabarlar