Afg’oniston poytaxti Kobul shahrida portlash sodir etildi

Ma’lumotga ko’ra, xudkush bombachi Marshal Fahim milliy mudofaa universiteti yaqinida olomon gavjum bo’lgan vaqtda o’zini portlatib yuborgan.

1357218
Afg’oniston poytaxti Kobul shahrida portlash sodir etildi

 

 

Afg’oniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash sodir etildi.

Xudkush bombachi tomonidan sodir etilgan portlashda 5 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Afg’oniston mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, xudkush bombachi Marshal Fahim milliy mudofaa universiteti yaqinida olomon gavjum bo’lgan vaqtda o’zini portlatib yuborgan.

Portlashda 5 kishi halok bo’lgan, ulardan 1 nafari tinch aholi vakili, qolgan 4 nafari askar. Shuningdek, voqeada 5 askar jarohatlangan.

Portlash uchun javobgarlikni hozircha hech bir terror guruhi zimmasiga olmagan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Kobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar