Asad rejimi va rus urush uchoqlari Idlibda tinch aholini nishonga olmoqda

Suriyada, Asad rejimi va rus urush uchoqlari tinch aholidan 15 kishining umriga zomin bo’ldi.

1354881
Asad rejimi va rus urush uchoqlari Idlibda tinch aholini nishonga olmoqda

Suriyada Bashar al-Asad rejimi tomonidan Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududidagi turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda tinch aholidan 15 kishi jon berdi.

Asad rejimi Idlib va Halabning turli nuqtalarida havodan va quriqlikdan hujum uyushtirdi.

Harbiy bo’lmagan mudofaa guruhi manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra Asad rejimining hujumlarida Idlib shahar markazi va shaharchalarida 3, Halabda 4 jami tinch aholidan 7 kishi jon bergan.

Muxolafat guruhiga oid manbaalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra esa rus urush uchoqlari tomonidan Idlib shahar markaziga qarshi uyushtirilgan hujumlarda tinch aholidan 8 kishi jon bergan.

Boshqa tomondan Turk Qurolli kuchlari Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududiga harbiy yuk yuborishni davom ettirmoqda.  

Ko’plab tankdan iborat bo’lgan konvoy, Idlibning turli nuqtalariga joylashtirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #Asad rejimi , #rus urush uchoqlari

Aloqador xabarlar