Oxirgi 24 soat ichida yangi turdagi koronavirus tufayli 64 kishi jon berdi

Xitoyda paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirus (2019-nCoV) oqibatida jon berganlar soni 425 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni esa 20 ming 438 nafar deb qayt etildi.

1353152

Milliy sog'liqni saqlash komissiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan ma’lumotga ko’ra mamlakat bo’ylab tarqagan mazkur kasallik orqali jon berganlar soni 425 nafarga yetar ekan virus yuqtirib olganlar soni esa 20 ming 438 nafar deb qayt etilgan. Ulardan 2 ming 788 nafarining ahvolining og’ir ekanligi aniqlanar ekan bugungacha mazkur virusdan davolanib, shifo topganlar soni esa 632 nafar deb belgilangan.

Bundan tashqari virusdan aziyat chekkanlar soni Gonkong maxsus ma'muriy tumanida 15, Makao maxsus ma'muriy tumanida esa 8 nafarga yetdi.

Milliy sog'liqni saqlash komissiyasi shuningdek, Xitoyda paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirus tufayli oxirgi 24 soatda 64 kishining jon berganligini, virusni yuqtirib olganlar sonining esa 3 ming 235 nafarni tashkil etganini ma’lum qildi.

Aytib o'tish joizki yangi turdagi koronavirus eng avvalo Xitoyning Xubey viloyatiga qarashli Uxan shahrida, 2019-yilning 12-dekabrida uchratilgandi.

Aloqador xabarlar