Xitoy ortidan boshqa davlatlarda ham yangi turdagi koronavirus kasalligi paydo bo’la boshladi

Xitoyning Uxan shahrida paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirus Singapur, Vetnem va Saudiya Arabistonida ham kuzatildi.

1346628
Xitoy ortidan boshqa davlatlarda ham yangi turdagi koronavirus kasalligi paydo bo’la boshladi

Xitoyning Uxan shahrida paydo bo’lgan yangi turdagi koronavirus Singapur, Vetnem va Saudiya Arabistonida ham kuzatildi.

Singapur Sog’likni Saqlash vazirligi 20-yanvar kuni oilasi bilan Singapurga kelgan uxanlik 66 yoshidagi bir erkak kishida yangi turdagi koronavirus kasalligi aniqlanganligini ma’lum qildi.

Vazirlik safar chog’ida tomog’i og’rigan, ertasi kuni tana harorati ko’tarilib, yo'tala boshlagan xitoylik bemorning karantinga olinganligini qayd etdi.

Bemor tahlilining bugun chiqqan natijalariga ko’ra uning yangi turdagi koronavirus kasalligiga duchor bo’lganligining aniqlanganligi aytildi.

Xitoylik bemor yaqin aloqada bo’lgan kishilar va uchoqda, yaqinida o’tirgan yo’lovchilarning ham ketidan tushilgani, 37 yoshidagi o’g’lining nazorat ostida tutilgani qayd etildi.  

Vetnam Sog’likni Saqlash vazirligi kecha tana haroratining ko’tarilishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgan xitoylik bir ota bolaning yangi turdagi koronavirus kasalligiga duchor bo’lganligining aniqlanganligini ma’lum qildi.

Xitoyning Uxan shahrida istiqomat qilgan 66 yoshidagi Li Dingning 13-yanvar kuni 28 yoshidagi o’g’li Li Zichaoni ko’rish uchun Hanoiga kelganligi va ota bolaning u yerdan Ho Chi Minhga o’tganligi aytildi.

Otaning 17-yanvar kuni tana haroratinig ko’tarila boshlagani, 3 kun ortidan o’g’lida ham shunga o’xshash alomatlar kuzatilganligi qayd etildi.

Hindiston Tashqi ishlar va parlament munosabatlari vaziri o’rinbosari Vellamvelly Muraleedharan, Saudiya Arabistonida ishlagan hindistonlik hamshiralardan biriga yangi turdagi koronavirus kasalligi tashxisi qo’yilganini ma’lum qildi.  

Vellamvelly Muraleedharan, virus borligi aniqlangan hamshiraning Saudiya Arabistonining Abxa shahridagi Milliy Asir kasalxonasida davolanayotganini va ijobiy natija olayotganligini qayd etdi.

Aytib o'tish joizki Xitoyda 571 kishiga yangi turdagi koronavirus kasalligi tashxisi qo’yilib, ulardan 25 nafari vafot etdi.

 



Aloqador xabarlar