Zelenskiy samolyot fojiasida halok bo'lganlarning yaqinlariga ta'ziya bildirdi

"Barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari halok bo‘lishgan. Elchixonamiz fojia tafsilotlariga va qurbonlar ro‘yxatiga aniqlik kiritmoqda. Halok bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a'zolarining yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman",-dedi Ukraina prezidenti.

1336651
Zelenskiy samolyot fojiasida halok bo'lganlarning yaqinlariga ta'ziya bildirdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy samolyot halokati bo‘yicha bayonot berdi.

Vladimir Zelenskiy avvalo Eronda Ukraina Havo yo’llariga oid “Boing 7437” rusumli yo‘lovchi samolyotining qulab tushishi oqibatida halok bo'lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, prezident Ukrainaga oid samolyotning Tehronda halokatga uchrashini "Yaqin sharqda dahshatli voqea" deb atadi.

"Yaqin Sharqdan qo‘rqinchli xabar. Bugun Imom Xumayniy aeroportidan havoga ko‘tarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" aviakompaniyasiga oid yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan va aeroport yaqinida qulab tushgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari halok bo‘lishgan. Elchixonamiz fojia tafsilotlariga va qurbonlar ro‘yxatiga aniqlik kiritmoqda. Halok bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a'zolarining yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman",-deb bayonot beradi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Eslatma: Eronda Ukraina Havo yo’llariga oid “Boing 7437” rusumli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.

Samolyot bortida 180 kishi bo’lgan. Ulardan 10 nafari ekipaj xodimlari hisoblanadi. Eron Davlat televideniyesi halokatdan omon qolganlar yo‘qligini ma'lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #samolyot halokati , #Eron , #Boing 7437 , #Ukraina

Aloqador xabarlar