Afg'onistonning Balh viloyatida kuchli portlash sodir etildi

Ma'lumotga ko'ra, portlashda 1 nafar politsiya xodimi halok bo'lgan, 7 nafari jarohatlangan.

1336252
Afg'onistonning Balh viloyatida kuchli portlash sodir etildi

 

Afg'onistonning Balh viloyatiga qarashli Balh tumanida portlash sodir etildi.

Bu haqda Balh xavfsizlik boshqarmasi kotibi Odilshox Odil ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, portlashda 1 nafar politsiya xodimi halok bo'lgan, 7 nafari jarohatlangan.

Bu voqea Balh tumanida joylashgan Seh Cuy mahallasida ro'y bergan.

Yo'l chetiga joylashtirilgan bomba politsiya xizmat mashinasi o'tib ketayotgan paytda portlatilgan.

Portlash uchun javobgarlikni hozircha hech bir terror guruhi zimmasiga olmadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Balh , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar