AQShning Luiziana shtatida samolyot fojiasi ro'y berdi

AQShning Luiziana shtatiga qarashli Lafayette hududida juft motorli samolyotning qulab tushishi oqibatida 5 kishi halok bo’ldi.

1331225
AQShning Luiziana shtatida samolyot fojiasi ro'y berdi

 

 

AQShning Luiziana shtatiga qarashli Lafayette hududida juft motorli samolyotning qulab tushishi oqibatida 5 kishi halok bo’ldi.

Ma’lumotga ko’ra, Lafayette aeroportidan parvoz qilgan juft motorli kichkina yo’lovchi samolyoti 1.6 km uzoqlikdagi pochta xizmati binosi ustiga qulab tushgan.

Ta’kidlanishicha, samolyot bortida 6 kishi bo’lgan, ulardan 3 nafari ekipaj xodimlari bo’lgan. Samolyot bortidagi 5 kishi halok bo’lgan, 1 nafari og’ir yaralangan.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, aeroportdan parvoz qilgan samolyot ko’p o’tmay favqulodda qo’nishga harakat qilgan. Pasaya boshlagan samolyot yuqori voltli elektr liniyasiga urilgach, portlab ketgan.

Fojia sabablari tekshirilmoqda. Rasmiylar hozircha voqea bilan bog’liq biron izoh bildirmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Luiziana shtati , #samolyot fojiasi , #AQSh

Aloqador xabarlar