Afg’oniston shimolidagi Tolibon jangarilari hujumida 6 harbiy halok bo’ldi

“Tolibon” harakati jangarilari Afg’oniston shimolidagi Balh viloyatida joylashgan harbiy nazorat o’tkazish punktiga hujum qildi.

1329873

Bomba joylashtirilgan mashina vositasida sodir etilgan hujumda 6 harbiy halok bo’ldi.

Bu haqda Afg’oniston mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, hujumda 6 harbiy halok bo’lgan, 3 harbiy jarohatlangan.

“Tolibon” harakati hozircha voqeaga munosabatini bildirmadi.

Ikki kun avval Tolibon jangarilari Balh viloyatining Davlatobod tumanidagi harbiy nazorat o’tkazish punktiga hujum qilgandi. Hujumda 7 harbiy halok bo’lgandi.

Tanlangan kalimalar: #Balh , #hujum , #Afg'oniston , #jangari , #Tolibon

Aloqador xabarlar