Suriyaning Rasul-Ayn tumaniga qarashli Tel Halef qishlog'ida portlash sodir etildi

Portlashda 17 kishi halok bo'ldi, 20dan ortiq kishi jarohatlandi.

1313257
Suriyaning Rasul-Ayn tumaniga qarashli Tel Halef qishlog'ida portlash sodir etildi

 

Turkiya Qurolli kuchlari harbiy operatsiya o'tkazgan Suriyaning Rasul-Ayn tumaniga qarashli Tel Halef qishlog'ida terror tashkiloti YPG/PKK tomonidan portlash sodir etildi.

Portlashda 17 kishi halok bo'ldi, 20dan ortiq kishi jarohatlandi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ma'lum qilindi.

"Vahshiylikda DEAShdan qolishmagan terror tashkiloti PKK/YPG jangarilari Firot sharqidagi begunoh insonlarga qarshi bomba joylashtirilgan mashina vositasida hujum sodir etdi. Qotillar bu safar Rasul-Ayn tumanida joylashgan Tel Halef qishlog'ida portlash sodir etdi. Portlashda 17 nafar tinch aholi vakili halok bo'ldi. 20 dan ortiq kishi yaralandi",-deyiladi tvitterdagi ma'lumotda.


 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Turkiya , #Suriya

Aloqador xabarlar