Iroq poytaxti Bog'dodda sodir etilgan portlashlarda 6 kishi halok bo'ldi

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotga ko'ra, bomba joylashtirilgan ikkita mototsikldan biri poytaxtdagi bir masjid yaqinida portlatilgan. Biri esa hokimiyat binosi oldida portlatilgan.

1313147
Iroq poytaxti Bog'dodda sodir etilgan portlashlarda 6 kishi halok bo'ldi

 

 

Iroq poytaxti Bog'dodda sodir etilgan ketma-ket portlashlarda 6 kishi halok bo'ldi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotga ko'ra, bomba joylashtirilgan ikkita mototsikldan biri poytaxtdagi bir masjid yaqinida portlatilgan. Biri esa hokimiyat binosi oldida portlatilgan.

Shuningdek, Bog'dodning Shaab mahallasida ham yerga joylashtirib ketilgan bomba portlatilgan.

Uch marta ketma-ket sodir etilgan portlashlarda jami 6 kishi halok bo'lgan, 11 kishi jarohatlangan.

Mamlakatda taxminan ikki oydan buyon davom etayotgan hukumatga qarshi namoyishlar asosan poytaxt Bog'dodda bo'lib o'tmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Bog'dod , #Iroq

Aloqador xabarlar