Iroq janubida DEAShga a'zo 6 jangari yo’q qilindi

Iroq Havo kuchlari Karkuk janubida DEAShga qarshi havo harbiy operatsiyasini amalga oshirdi.

1312247
Iroq janubida DEAShga a'zo 6 jangari yo’q qilindi

 

Iroqning Karkuk shahri janubidagi Riyod shahri yaqinida olib borilgan operatsiyada terror tashkiloti DEAShning 6 nafar jangarisi yo’q qilindi.

Bu haqda Karkuk politsiya boshqarmasi rahbari Ali Kamol ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Iroq Havo kuchlari Karkuk janubida DEAShga qarshi havo harbiy operatsiyasini amalga oshirdi.

Operatsiyada DEAShga a’zo 6 jangari yo’q qilindi.

Ma’lumotga ko’ra, shahar xavfsizligini saqlashdan mas’ul bo’lgan Karkuk operatsiyalar qo’mondonligi mintaqadagi razvedka faoliyatlarini kuchaytirdi. Operatsiyada DEASh jangarilarining hujumga o’tishiga imkon berilmadi.

Shuningdek, hududda DEAShga oid ko’plab portlovchi moddalar va qurol-aslahalar yo’q qilindi.

Terror tashkiloti DEASh 2014 yilning iyunida Mo’sul va boshqa Iroq hududlarining uchdan bir qismini qo’lga olgandi.

Iroq xavfsizlik kuchlari 2017 yilning dekabrida DEASh hukmronlik qilgan hududlarda nazoratni qayta qo’lga olgandi.

DEAShning mag’lubiyatga uchratilishi va jangarilarining hududdan quvib chiqarilishiga qaramay, hamon Karkuk, Diyala, Mo’sul, Salahaddin va Anbar viloyatlarining chekka hududlarida terrorchilik harakatlari sodir etilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #harbiy operatsiya , #DEASh , #Iroq

Aloqador xabarlar