Yakutiyaning Verhoyansk shahrida havo harorati -50 darajaga pasaydi

Yakutiya Respublikasining Verhoyansk va Oymyakon shaharlarida qish mavsumida havo harorati -67 darajagacha pasayishi tufayli dunyoning eng sovuq joyi hisoblanadi.

1311922
Yakutiyaning Verhoyansk shahrida havo harorati -50 darajaga pasaydi

 

 

Rossiya Federatsiyasiga qarashli Yakutiya Respublikasining Verhoyansk shahrida havo harorati -50 darajaga pasaydi.

Havo haroratining keskin pasayishi Verhoyansk shahrida kundalik hayotga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Shaharda maktablarga dam berildi.

Verhoyansk shahridagi bir maktabda direktor o'rinbosari bo'lgan Galina Dabanova -50 daraja sovuq tufayli 1- va 7- sinf o'quvchilari uchun dam olish e'lon qilinganligini ma'lum qildi.

"Maktabimizda 207 nafar o'quvchi ta'lim oladi. O'tgan hafta havo harorati -30 daraja edi. Bugun esa -51 darajani ko'rsatmoqda va izg'irin shamol hukm surmoqda. Shu sababli maktabda 1- va 7- sinf o'quvchilariga dam olish berildi",-deb aytgan direktor o'rinbosari Galina Dabanova.

Ma'lumot uchun: Yakutiya Respublikasining Verhoyansk va Oymyakon shaharlarida qish mavsumida havo harorati -67 darajagacha pasayishi tufayli dunyoning eng sovuq joyi hisoblanadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yakutiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar