Yevropa Turkiyaning DEASh a’zolarini ekstraditsiya qilishi masalasida bayonotlar berdi

Turkiya, DEASh terror tashkilotiga a’zo terroristlarni o’z yurtlariga ekstraditsiya qila boshlar ekan Yevropa mavzu haqida bayonotlar berdi.

1306723

Bayonotlardan birida Fransiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Agnes Fon Der Myull bu haqida muloqat o’tkazishni taklif qildi. Myull mazkur taklifida, Suriyaning shimoli-sharqidagi vaziyat va DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash masalalarida Turkiya bilan yaqindan muloqat qilmoqchi ekanliklarini qayd etdi. Shuningdek DEAShga a’zo terorristlar vaziyatining Vashingtonda, DEASHga qarshi kurashish xalqaro koalitsiyasi yig’ilishida kun tartibiga olib chiqilishi haqida ma’lumot berdi.

Terroristlarning ekstraditsiyasi haqida Rossiya ham bayonot berdi. Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu haqida, masalaning Turkiya bilan muhokama qilinganligini, aloqa kanallarining ochig’ligini qayd etdi.

Aloqador xabarlar