Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumda bir oiladan 3 bola jon berdi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan Rossiyaga oid urush uchoqlari tomonidan Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumda bir oiladan 3 bola jon berdi.

1301193
Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumda bir oiladan 3 bola jon berdi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan Rossiyaga oid urush uchoqlari tomonidan Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududidagi tinch-aholi turar-joy punktlari bilan harbiy muxolafatning front liniyasiga qarshi uyushtirilgan hujumda bir oiladan 3 bola jon berdi.

Asad rejimi Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududidagi Jisir ash-Shugur tumani bilan Janudiyya, Shayx Sindiyan, Ganiye, Kefr Sejne, Baarbo va Sutuh ad-Dayr qishloqlariga qarshi quriqlikdan va havodan hujum uyushtirdi.

Muxolafatga oid aviatsion observatoriyasi ma’lumotiga ko’ra rus urush uchoqlari ham Idlibning Shayx Mustafa, Nukeyyar, Hassane, Tehtaya, Bsida, Jibala, ad Dar al-Kabira, at-Tine va Mushayrifa qishloqlariga qarshi hujum qilgan.

Idlibdagi harbiy bo’lmagan (oq kaskaliklar) muxolafat yetakchilaridan olingan ma’lumotga ko’ra kecha oqshom vaqtlarida Idlibning ad Dar al-Kabira qishlog’iga qarshi uyushtirilgan havo hujumida bir oiladan 3 kishi jon bergan, jon berganlardan tashqari 1 kishi tan jarohati olgan.

Harbiy bo’lmagan mudofaa guruhi, voqea joyida qidiruv va qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.

Undan tashqari Rossiyaga oid urush uchoqlari tomonidan Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududidagi turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumi oqibatida tibbiyot xodimlaridan ikki kishi tan jarohati olgan.

Muxolafatga oid aviatsion observatoriyasi ma’lumotida Rossiyaga oid ekanligi aytilgan urush uchoqlari kechqurun Idlibning Marretinnuman tumani bilan Shinan va Maarshurin qishloqlariga qarshi hujumlar uyushtirgan.

Shinan qishlog’idagi Tug'ruqxona va bolalar kasalxonasi direktori doktor Zuhayr Karrat, kechqurun bir vaqtning o’zida urush uchoqlarining kasalxonaga qarshi ikkita hujum uyushtirganligini, hujum oqibatida kasalxonaning 80 foizining vayron bo’lganligini, iki nafar xodimning tan jarohati olganligini, kuvezdagi bolalar bilan bemorlarning ko’chirilganligini qayd etdi.

Idlibdagi harbiy bo’lmagan guruh voqea joyiga yetib borib kasalxonani boshatar ekan, kelib chiqqan yong’inni o’chirishga ham ulgurgan.

 



Aloqador xabarlar