Rossiya, Turkiya bilan o'zaro anglashuv memorandumida talab qilingan shartlarga amal qilmoqda

Rossiya, Turkiya bilan o'zaro anglashuv memorandumida talab qilingan shartlarga to'liq amal qilmoqda. Bu haqida Rossiya Mudofaa vazirligi qoshida o’rin olgan Suriyadagi tomonlarni yarashtirish markazi yetakchisi Yuriy Borenkov bayonot berdi.

1296968
Rossiya, Turkiya bilan o'zaro anglashuv memorandumida talab qilingan shartlarga amal qilmoqda

Rossiya, Turkiya-Rossiya kelishuviga muvofiq YPG/ PKK terror tashkilotiga a’zo 34 ming terrorist bilan 3 mingdan ortiq qurol-yaroq va harbiy texnikaning Suriyadagi xavfsiz hududdan chiqarilganligini ma’lum qildi.

Bu haqida Rossiya Mudofaa vazirligi qoshida o’rin olgan Suriyadagi tomonlarni yarashtirish markazi yetakchisi Yuriy Borenkov bayonot berdi.

Borenkov unda, Rossiya tomonining kelishuv shartlariga amal qilganligini eslatib o’tgan holda “Rus tomoni 2019-yilning 22-oktabri kuni Turkiya-Rossiya o’rtasidagi o'zaro anglashuv memorandumida talab qilingan shartlarga butunlay amal qildi. Unga ko’ra 29-oktabr kuni 18:00 dan e’tiboran 34 ming kishidan tashkil topgan 68 ta YPG guruhi bilan 3 mingdan ortiq qurol-yaroq va harbiy texnika Turk Qurolli kuchlari bilan tutash bo’lgan liniyadan 30 kilometr uzoqlashtirildi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Suriya-Turkiya chegarasida Bashar al-Asad rejimiga oid kuchlarning 84 ta chegara darvozasi tashkil etganini qayd etgan Borenkov ulardan 60 tasining Kamishli, 24 tasining esa Ayn al-Arab (Kobani) shahrida ekanligini yetkazdi.

Borenkov 2019-yilning 23-oktabri kunidan e’tiboran rus harbiy politsiyasining Jarablus-Koran, Kamishli-Fakira va Kamishli-Simalkada 10 kilometrlik xavfsiz hududlarida patrullik xizmati olib borganligini eslatib o’tgan holda Turk tomoniga har kuni o'zaro anglashuv memorandumida talab qilingan shartlarga amal qilinganligi haqida ma’lumot berilganligini o'z so'ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar