Yevropa Ittifoqi Brexit muddatini 31 yanvargacha uzaytirishga rozi bo‘ldi

"YeI tarkibidagi 27 davlat Buyuk Britaniyaning Brexit muddatini 2020 yil 31 yanvargacha uzaytirish to‘g‘risidagi taklifini qabul qilishga rozi bo‘ldi. Ushbu qaror yozma shaklda rasmiylashtirilishi kutilmoqda",-deb aytgan Donald Tusk.

1296137
Yevropa Ittifoqi Brexit muddatini 31 yanvargacha uzaytirishga rozi bo‘ldi

 

Yevropa Ittifoqi tarkibidagi 27 davlat Brexit muddatini 31 yanvargacha uzaytirishga rozi bo‘ldi.

Bu haqda Yevrokengash raisi Donald Tusk ma'lum qildi.

U tvitterdagi sahifasida Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat Brexit muddatini 2020 yilning 31 yanvarigacha uzaytirishga rozi bo‘lganligini ma’lum qildi.

"YeI tarkibidagi 27 davlat Buyuk Britaniyaning Brexit muddatini 2020 yil 31 yanvargacha uzaytirish to‘g‘risidagi taklifini qabul qilishga rozi bo‘ldi. Ushbu qaror yozma shaklda rasmiylashtirilishi kutilmoqda", - deb yozdi Yevrokengash raisi Tusk twitterdagi sahifasida.

Bunga ko’ra, Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan tuzgan Brexit kelishuvini 2020 yilning 31 yanvaridan avval tasdiqlasa, bu muddatdan avval Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi mumkin.

Buyuk Britaniya 2016 yili o’tkazilgan referendumda 52 foiz bilan Brexit qarori olgandi.

29 martda amalga oshirilishi rejalangan Brexit Britaniya parlamenti jamoatchilik palatasining Brexit kelishuvini ketma-ket rad etishi tufayli, 31 oktyabrga qoldirilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Buyuk Britaniya , #Brexit , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar