Donald Tramp DAISh yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘ldirilganini e’lon qildi

“Al-Bag‘dodiyning o‘limi sabab dunyoda adolat qaror topdi”,-deya ta’kidlagan Tramp.

1295653
Donald Tramp DAISh yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘ldirilganini e’lon qildi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp DAISh terror tashkilotining yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning Amerika harbiylari o‘tkazgan maxsus operatsiyada o‘ldirilganini e’lon qildi.

“Al-Bag‘dodiyning o‘limi sabab dunyoda adolat qaror topdi”,-deya ta’kidlagan Tramp.

Trampning Oq uydan turib bergan intervyusi Reuters agentligi tomonidan tranlyatsiya qilindi.

AQSh davlat rahbarining aytishicha, tibbiy ekspertiza Al-Bag‘dodiyning o‘lganligini tasdiqlagan.

Tramp ushbu qo‘shma operatsiyada ishtirok etgan harbiylarning hammasiga minnatdorchilik bildirdi.

AQSh prezidenti birinchi navbatda mamlakat harbiylariga, Rossiya, Turkiya, Iroq, Suriyaga minnatdorlik bildirdi.

“U itdek o‘ldi. Endi dunyo ancha xavfsizroq bo‘ladi”, — deya qayd etgan Tramp bayonotida.

Tramp jurnalistlarning savollariga javob berish vaqtida Rossiyaning Idlib viloyatida Amerika aviatsiyasining havo bo‘shlig‘idan foydalanishga imkoniyat yaratib berganligini ta’kidlagan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Al-Bag‘dodiy , #Donald Tramp , #DAISh

Aloqador xabarlar