Iroqda hukumatga qarshi namoyishlarda qurbonlar soni 63 nafarga yetdi

Ikki kundan beri davom etayotgan hukumatga qarshi noroziliklar vaqtida 63 kishining halok bo‘lgani va 2,5 mingdan ortiq inson turli darajada jarohat olgani xabar qilindi.

1295438
Iroqda hukumatga qarshi namoyishlarda qurbonlar soni 63 nafarga yetdi

 

 

Iroq poytaxti Bog’dod va janubidagi viloyatlarda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Namoyishlarda bugungacha qurbonlar soni 63 nafarga yetdi.

Iroqdagi inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari mamlakatda qayta boshlangan va ikki kundan beri davom etayotgan hukumatga qarshi noroziliklar vaqtida 63 kishining halok bo‘lgani va 2,5 mingdan ortiq inson turli darajada jarohat olganini xabar qildi.

“Juma kuni takror boshlangan namoyishlarda Bog’dodda 10, Meysanda 14, Zikarda 15, Basrada 7, Musennada 1, Bobilda 4 va Devoniyyada 4 kishi halok bo’lgan. Natijada qurbonlar soni 63 nafarga yetgan”,-deyiladi inson huquqlari bo‘yicha yuqori komissiya bayonotida.

Qurbonlar orasida xavfsizlik xodimlari ham bor. Yaradorlar soni 2592 nafarga yetganligi aytilmoqda.

Namoyishchilar hukumat iste’fosini talab qilishmoqda. Ular korrupsiya, ishsizlik va xalqning munosib sharoitlarda hayot kechirishini ta’minlashni talab qilishmoqda.

Iroq bosh vaziri Odil al-Mahdiy namoyishlar qayta boshlanishidan avval hukumatda o‘zgarishlar qilinishi va saylov qonunchiligiga o‘zgartirish kiritilishini bildirgan.

Shuningdek, hukumat rahbari vazirlar mahkamasining iste’fosini mamlakatdagi og‘ir vaziyatni yanada yomonlashtirishini ma’lum qilgan.

1 oktyabrda boshlangan namoyishlarga Erbayn marosimlari tufayli tanaffuz berilgandi. Biroq, juma kuni namoyishlar takror boshlangandi.

Ba’zi manbalarning xabar berishicha, oktyabr oyi boshida poytaxt Bog’dod va mamlakatning o’rta va janubiy viloyatlarida keng avj olgan namoyishlarda bir oy ichida taxminan 200 kishi halok bo’lgan, 8 mingga yaqin kishi jarohatlangan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bog'dod , #namoyish , #Iroq

Aloqador xabarlar