Tramp,PKK terrorizm va terror tahdidi nuqtai nazaridan DAEShdan yana ham battarroq dedi

"PKK terrorizm va terror tahdidi nuqtai nazaridan DAEShdan yana  ham battarroqdir” deb baholadi.

1289562
Tramp,PKK terrorizm va terror tahdidi nuqtai nazaridan DAEShdan yana ham battarroq dedi

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp,

"PKK terrorizm va terror tahdidi nuqtai nazaridan DAEShdan yana  ham battarroqdir” deb baholadi.

Italiya Prezidenti Serjio Mattarella bilan ikki tomonlama uchrashuvdan so'ng Donald Tramp Oq uyda qo'shma matbuot anjumani o'tkazdi.

Tramp, Turk Qurolli Kuchlari Suriyada Furotning sharqiyda Tinchlik bulog’i  operatsiyasini boshlatishi  o’zlarini  ajablantirib ajablantirmasligini  so’ragan bir  savolga Tramp,

"(Prezident Rajab Toyyib) Erdo’g'anning qarori meni ajablantirmadi. U uzoq vaqt davomida  buni xohlardi, uzoq vaqtdir Suriya chegarasida askarlarini yig'ib kelmoqda edi deya" javob berdi.

Suriyaning shimolidagi  o'z qo'shinlarini olib chiqqanlarini ham   eslatgan Tramp,

"(Turkiya va YPG / PKK) uzoq muddat davomida urishib kelmoqda  Suriya chegarasida  urishmoqdalar.Bu yer Suriya chegarasi. Men ham nima uchun do'stimiz bo’lmagan  bir mamlakatning  (Suriya tuproqlarini himoya qilganimizni  so’rayman. Suriyaning ham  kurdlar bilan aloqasi bor va  ular (YPG / PKK) ham  farishta emas deb” aytgan Tramp,

"Ko'p jihatdan PKK, terror  va terror tahdidi nuqtai nazaridan DAESHdan  yana ham battarroqdir” deya baholab,

"Biz NATO a'zolari bilan birga yaxshi munosabatda bo’lishimiz kerak  va Turkiya, NATO a'zosi ",-  deya qayd etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Battarroq , #PKK DEAShdan , #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar