Suriya shimolida sodir etilgan terrorchilik harakatida 14 kishi jarohatlandi

Azez tumanidagi nazorat punktiga mototsiklda kelgan terrorist o'zini portlatib yuborgan.

1283442
Suriya shimolida sodir etilgan terrorchilik harakatida 14 kishi jarohatlandi

 

Suriya shimolida muxoliflar nazoratidagi Cho'banbey shahri va Azez tumanida bir paytning o'zida sodir etilgan terrorchilik harakatida 14 kishi jarohatlandi.

Ularning aksariyati tinch aholi vakillari.

Cho'banbey shahar markazida Turkiya chegarasiga yaqin hududda Suriya milliy armiyasiga oid harbiy vositaga joylashtirilgan bomba portlatilgan. Portlashda 6 kishi jarohat olgan.

Ma'lumotga ko'ra, Azez tumanidagi nazorat punktiga mototsiklda kelgan terrorist o'zini portlatib yuborgan.

Portlashda 8 nafar tinch aholi vakili jarohatlangan. Portlashni sodir etgan terror halok bo'lgan.

Yaradorlar shifoxonaga olib ketilgan.

Portlash uchun javobgarlikni hech bir terror guruhi zimmasiga olmagan. Mahalliy xavfsizlik kuchlari portlashlarda terror tashkiloti YPG/PKKning qo'lini borligidan shubhalanmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Suriya

Aloqador xabarlar