Hasan Ruhoniy va Vladimir Putin Yerevanda uchrashuv o’tkazdi

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi oliy kengashi sammitida ishtirok etish maqsadida Yerevanda bo’lgan Ruhoniy Putin bilan Eron-Rossiya munosabatlari, yadroviy kelishuv, mintaqaviy va global o’zgarishlarni muhokama qildi.

1280035
Hasan Ruhoniy va Vladimir Putin Yerevanda uchrashuv o’tkazdi

 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston poytaxti Yerevanda uchrashuv o’tkazdi.

Bu haqda Eron prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi oliy kengashi sammitida ishtirok etish maqsadida Yerevanda bo’lgan Ruhoniy Putin bilan Eron-Rossiya munosabatlari, yadroviy kelishuv, mintaqaviy va global o’zgarishlarni muhokama qildi.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, yadroviy kelishuv xalqaro muammolarni bartaraf etish uchun yechim modeli hisoblanadi. Ushbu kelishuv o’z natijasini berishi uchun tomonlar o’zaro majburiyatlarni bajarishi zarur.

Kelishuvga qo’shilgan davlatlardan tashabbus ko’rsatishini talab qilgan Ruhoniy, bu jihatdan Moskva hukumatining ro’l o’ynashi katta ahamiyatga molik ekanligini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy kelishuvni qo’llab quvvatlashini yana bir bor tilga oldi.

U kelishuvga imzo chekkan barcha davlatlarning o’z majburiyatlarini bajarishiga turtki berishini ta’kidladi.

Putin qolaversa, Eronning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan rasmiy ravishda hamkorlik qilishini ijobiy baholadi. Shu bilan birga bu o’zgarish mintaqaviy hamkorlikka yana ham kengroq zamin yaratishini ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Hasan Ruhoniy , #Eron , #Rossiya

Aloqador xabarlar