Hindistondagi sel va suv toshqinlarida qurbonlar soni 140 kishiga yetdi

Tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi ma’lum qilishicha, Bihar shtatidagi sel va suv toshqinlarida jiddiy zarar ko’rgan Patna shahridan kamida 4000 kishi evakuatsiya qilindi.

1279460
Hindistondagi sel va suv toshqinlarida qurbonlar soni 140 kishiga yetdi

 

Hindistonning Uttar Pradesh va Bihar shtatlarida kuchli musson yomg’irlari oqibatida ro’y bergan sel falokatida qurbonlar soni 140 kishiga yetdi.

Bu haqda Press Trust of India nashri xabar berdi.

Xabarga ko’ra, so’ngi bir hafta ichida kuchli musson yomg’irlari oqibatida ro’y bergan sel va suv toshqinlarida Uttar Pradeshda 111 kishi, Biharda 29 kishi halok bo’ldi.

Tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi ma’lum qilishicha, Bihar shtatidagi sel va suv toshqinlarida jiddiy zarar ko’rgan Patna shahridan kamida 4000 kishi evakuatsiya qilindi.

Bosh vazir Narendra Modi tegishli vakillar bilan vaziyatni muhokama qilgan.

Uning ta’kidlashicha, tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi xodimlari mahalliy hukumatlar bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #suv toshqini , #sel , #Hindiston

Aloqador xabarlar