Afg’onistonning Balh viloyatidagi Tolibon hujumida 11 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi

Balh viloyati hokimligi kotibi Muhir Ahmad Farhod ma’lum qilishicha, Tolibon jangarilari Sho’r Tepa tuman markaziga to’rt tomondan hujum qilgan.

1279352
Afg’onistonning Balh viloyatidagi Tolibon hujumida 11 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi

 

Afg’oniston shimolidagi Balh viloyatida Tolibon jangarilari tomonidan sodir etilgan hujumda 11 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

Balh viloyati hokimligi kotibi Muhir Ahmad Farhod ma’lum qilishicha, Tolibon jangarilari Sho’r Tepa tuman markaziga to’rt tomondan hujum qilgan.

Hujumda 11 nafar politsiya xodimi halok bo’lganligini ma’lum qilgan Muhir Ahmad Farhod, tumanga qo’shimcha bir guruh politsiya kuchlari safarbar etilganligini bildirdi.

Guvohlarning aytishicha, hujumdan so’ng Tolibon a’zolari tuman markaziga bostirib kirishgan.

Tolibon esa, hujumda 30 nafar xavfsizlik xodimi o’ldirilganligini iddao qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Balh , #hujum , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar