Hindiston shimolida ro’y bergan sel falokatida 18 kishi halok bo’ldi

Kuchli musson yomg’irlari Ganga, Yamuna va Ghaghara daryolarida suv toshqiniga sabab bo’lgan.

1274590
Hindiston shimolida ro’y bergan sel falokatida 18 kishi halok bo’ldi

 

Hindiston shimolida musson yomg’irlari oqibatida ro’y bergan sel falokatida 18 kishi halok bo’ldi.

Press Trust of India nashri xabar berishicha, davlat rasmiylari Uttar Pradesh shtatining Kaushambi, Amethi, Banda, Sonbhadra va Ballia shaharlarida o’tgan hafta ro’y bergan sel falokati va chaqmoq chaqishi oqibatida 18 kishi halok bo’lganligini ma’lum qilgan.

Kuchli musson yomg’irlari Ganga, Yamuna va Ghaghara daryolarida suv toshqiniga sabab bo’lgan.

O’tgan hafta Uttar Pradeshda sodir bo’lgan sel oqibatida 18 kishi halok bo’lgandi.

Janubiy Osiyoda har yili iyun-sentyabr oylari orasida sodir bo’ladigan yog’ingarchiliklar mamlakat bo'ylab katta tabiiy ofatlarga va talofatlarga sabab bo’lmoqda.


Tanlangan kalimalar: #sel , #suv toshqinlari , #Hindiston

Aloqador xabarlar