Donald Trump, Tolibon bilan tinchlik muzokarasi o’tkazishni xohlamadi

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump, Afg’onistondagi hujumlar tufayli Tolibon bilan tinchlik muzokarasi o’tkazishni xohlamadi.

1271606
Donald Trump, Tolibon bilan tinchlik muzokarasi o’tkazishni xohlamadi

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump, Afg’onistondagi hujumlar tufayli Tolibon bilan tinchlik muzokarasi o’tkazmoqchi emas.  

Oq uy matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Donald Trump, Afg’oniston poytaxti Kobul bilan Parvon viloyatida uyushtirlgan va 48 kishining umriga zomin bo’lgan hujumlarni qoralagan.

AQSh Davlat departamenti ham mavzu haqida alohida bayonot berib unda yuqorida nomi tilga olingan hujumlarni qoraladi.

Aytib o’tish joizki Afg’oniston poytaxti Kobul bilan Parvon viloyatida Tolibon tomonidan ikki boshqa nuqtada uyushtirilgan xudkushlik hujumida 48 kishi jon bergandi.

Birinchi hujum Kobulga yaqin nuqtada joylashgan Parvon viloyatida uyushtirilar ekan unda Prezident Ashrof G’ani ishtirok etgan savloy mitingi nishonga olingan va oqibati 26 kishining umriga, 42 kishining esa sog’ligiga zomin bo’lgan. Hujumdan Prezident Ashrof G’ani sog’ salomat qutilar ekan, jon berganlarning ko’pchiligining tinch aholidan ekanligi aniqlangan.

Ikkinchi hujum esa poytaxt Kobuldagi AQSh elchixonasiga yaqin nuqtada uyushtirilgan bo’lib oqibati 22 kishining umriga, 38 kishining esa sog’ligiga zomin bo’lgan. Ikkinchi hujumda ham jon berganlarning ko’pchiligining tinch aholidan ekanligi ma’lum bo’lgan.

Ikkala hujumni ham Tolibon o’z bo’yniga olgan.

 

 



Aloqador xabarlar