Malayziya hukumati Abdulloh Mursiyning bevaqt vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi

“Misrning sobiq prezidenti marhum Muhammad Mursiyning o’g’li Abdulloh Mursiyning bevaqt vafot etganligidan chuqur iztirobdaman. Oilasi va yaqinlariga ta’ziya izxor etaman!",-deb hamdardlik bildiradi Malayziya bosh vazir o’rinbosari.

1264181
Malayziya hukumati Abdulloh Mursiyning bevaqt vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi

 

Malayziya hukumati Misrdagi qamoqxonada mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyning kenja o’g’li Abdulloh Mursiyning bevaqt hayotdan ko’z yumganligi munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

Malayziya bosh vazir o’rinbosari Van Azizah Van Ismoil tvitterda shunday yozdi:

“Misrning sobiq prezidenti marhum Muhammad Mursiyning o’g’li Abdulloh Mursiyning bevaqt vafot etganligidan chuqur iztirobdaman. Oilasi va yaqinlariga ta’ziya izxor etaman! Ushbu qiyin kunida duolarim sizlar uchun…”,-deb hamdardlik bildiradi Malayziya bosh vazir o’rinbosari tvitterda.

Eslatish joizki, Abdulloh Mursiy kecha kechqurun yurak xuruji oqibatida qamoqxonada olamdan o’tdi.

Nejla Mahmud bilan turmush qurgan Abdulloh Mursiy 5 farzand otasi edi.

Uning otasi mamlakatning sobiq prezidenti marhum Muhammad Mursiy ham iyun oyida sud zalida yurak xuruji oqibatida vafot etgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #ta'ziya , #Abdulloh Mursiy , #Misr , #Malayziya

Aloqador xabarlar