Donald Tramp Xitoy bilan savdo bitimi shartlarini qat'iylashtirmoqchi...

“Agar men takror g‘alaba qozonsam, Xitoy bilan nima bo‘lishini o‘ylayabman. Bitim yanada murakkabroq bo‘ladi! Shu bilan birga Xitoyning ta'minotchilar tarmog‘i va biznesi sindiriladi, ish o‘rinlari va pullari g‘oyib bo‘ladi!”,-dedi Tramp.

1263380
Donald Tramp Xitoy bilan savdo bitimi shartlarini qat'iylashtirmoqchi...

 

AQSh prezidenti Donald Tramp kelgusi 2020 yilda bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlarida takror g’alaba qozongan taqdirda, Xitoy bilan savdo bitimi shartlarini yanada qat'iylashtirishga va'da berdi.

Donald Tramp tvitterdagi sahifasida Xitoy bilan AQSh o’rtasida davom etgan savdo urushiga doir bayonot berdi.

“Agar men takror g‘alaba qozonsam, Xitoy bilan nima bo‘lishini o‘ylayabman. Bitim yanada murakkabroq bo‘ladi! Shu bilan birga Xitoyning ta'minotchilar tarmog‘i va biznesi sindiriladi, ish o‘rinlari va pullari g‘oyib bo‘ladi!”,-deb yozgan Tramp tvitterdagi sahifasida.

Ayni paytda Tramp o’zini AQShga yaqinlashib kelayotgan “Dorian” to’foni tufayli Polsha safarini bekor qilishiga qaramay, golf o’ynash bilan ovora ekanlikda ayblagan London shahar hokimi Sadik Xanga tashlandi.

London shahar hokimi Sadik Xanni “Londonning eng landavur, qo’lidan ish kelmaydigan hokimi” deb atagan Tramp “Boshqa siyosatchilar soatlab mashq qilishadi, haftalardır sayohat qilishadi”,-dedi.

“Hokim Sadik Xan Londonda butunlay nazoratdan chiqqan pichoqli hujumlarga e’tibor bersin! Odamlar ko’chalarda bemalol yurishga ham qo’rqadi. U bizning ishimizga burnini suqmasligi kerak bo’lgan qo’rqinchli hokim”,-deb aytgan Donald Tramp.

 

 


Tanlangan kalimalar: #savdo bitimi , #Xitoy , #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar