Idlibdagi turar-joy punktlariga qarshi hujumlar haligacha davom etmoqda

Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlaganlarning Idlibdagi turar-joy punktlariga qarshi hujumi haligacha, to'xtamay davom etmoqda.

1260786
Idlibdagi turar-joy punktlariga qarshi hujumlar haligacha davom etmoqda

Suriyada Bashar al-Asad rejimi tomonidan kecha Idlibdagi taranglikni kamaytirish chegarasidagi turar-joy punktlariga qarshi havo hujumi uyushtirdi. Oqibati 10 kishinnig umriga, 23 dan ortiq kishining sog’ligiga zomin bo’ldi. Jon berganlardan 5 nafarining yosh bola ekanligi aniqlandi.

Rejim kuchlari kecha ertalabdan beri Idlibning Kefrenbil, Marratinnuman ve Serakib tumanlari bilan Tux, Xas, Kefersejne, Nukeyyer, Gadafa, Tel Mennis, Tel Merdix va Marshurin qishloqlariga qarshi hujum uyushtirdi.

Harbiy bo’lmagan (oq kaskaliklar) manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Asad rejimiga oid urush uchoqlari kecha kechqurun Marratinnuman tumaniga qarshi havo hujumi uyushtirgan va oqibati 10 kishinnig umriga, 23 dan ortiq kishining sog’ligiga zomin bo’lgan. Jon berganlardan 5 nafarining yosh bola ekanligi aniqlangan.

Hujum uyushtirilgan nuqtaga yetib borgan harbiy bo’lmagan guruh a’zolarining qidiruv va qutqaruv faoliyatlari davom etar ekan jon bergan va tan jarohati olganlar sonining ortishidan xavotir olinmoqda.  

Shu bilan birga Bashar al-Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan Rossiya tomonidan bugun Idlibdagi taranglikni kamaytirish chegarasidagi turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumida tinch aholidan yana 7 kishi jon bergan.

Asad rejimining havo hujumlari oqibatida Idlibning Maarshimsha qishlog’ida tinch aholidan 4 kishi jon berdi.

Harbiy muxoliflarning ta'kidlashicha, Rossiyaga oid urush uchoqlarining hujumi chog’ida esa Tux qishlog'ida tinch aholidan 3 kishi jon bergan.

Rejim uchoqlari Tel Mennis, Der Sharki, al-Bara, Masaran qishloqlari bilan Jerjenaz, Temaniya va Kensafra shaharchalariga qarshi ham hujumlar uyushtirdi.

 

 



Aloqador xabarlar